Taxiatoshda yangi uchastka ishga tushirildi

Batafsil: Yaratildi: 18.02.2020 09:04 Tahrirlandi: 21.02.2020 14:31 Ko'rishlar soni: 452

Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumanida yangi ishlab chiqarish tarmoqlarini barpo etish, ish o‘rinlari yaratish, qurilish-bunyodkorlik hamda el dasturxonini mo‘l-ko‘l etish yo‘lida amalga oshirayotgan ishlar tahsinga loyiq.

21 февраля

Yaqinda kombinat mablag‘lari hisobidan Taxiatosh metall-konstruksiyalar va nostandart jihozlar ishlab chiqarish zavodida qiymati 24,7 mlrd so‘m bo‘lgan metallarni ruxlash uchastkasi foydalanishga topshirilgani galdagi muhim qadam bo‘ldi. Bu liniyaning ishga tushirilishi 50 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratish bilan birga, yiliga 20 ming tonna issiq rux mahsuloti ishlab chiqarish imkonini berdi.

21 февраля2

Zavodda yangi loyihani ishga tushirish munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Q.Sariyev, Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori Q.Sanaqulovlar mazkur zamonaviy ishlab chiqarish tarmog‘ining hudud iqtisodiy va ijtimoiy hayotidagi ahamiyati haqida to‘xtalib, uchastkani foydalanishga topshirish ishlarida faol qatnashgan loyihachi va quruvchilar, muhandis-texniklar, navoiylik va qoraqalpog‘istonlik bunyodkorlarga tashakkurlarini bildirishdi.

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 2889

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 2858

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 2215

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 2021

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 1469