OTM talabalariga stipendiya to‘lashning yangi tartibi joriy etildi

Batafsil: Yaratildi: 14.02.2020 16:47 Tahrirlandi: 14.02.2020 16:47 Ko'rishlar soni: 128

14 fevral kuni Navoiy davlat konchilik institutida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 yanvardagi “Oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatini, stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibini talabalarga tushuntirish maqsadida brifing o‘tkazildi. 

27 ноября2

Tadbirda institut ishlar boshqarmasi boshlig‘i, iqtisod fanlari doktori N.Ashurova ma’ruza qildi. Ma’ruzada talabalarga stipendiya to‘lovlarini to‘g‘ri tayinlash va to‘lash ustidan nazorat qilish oliy ta’lim muassasasining stipendiya komissiyasiga yuklatilganligi, Davlat granti asosida ta’lim olayotgan va “a’lo” (reyting ko‘rsatkichi – 86 ball va undan yuqori) hamda “yaxshi” (reyting ko‘rsatkichi – 71 ball va undan yuqori) o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan talabalarga to‘lanishi lozim bo‘lgan miqdorlar orasidagi tafovut to‘lab berilishi, talabalarga to‘lanadigan stipendiyaning tafovut summasi tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarga 2020 yil uchun ajratilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari doirasida qoplanishi kabi masalalar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Brifingda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar oldilar.

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 2732

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 2692

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 2114

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 1933

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 1374



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish