Navoiylik qilichbozlar O‘zbekiston chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi

Batafsil: Yaratildi: 14.02.2020 09:28 Tahrirlandi: 14.02.2020 09:28 Ko'rishlar soni: 333

Yangi – 2020 yilning dastlabki yirik musobaqasini “So‘g‘diyona” jismoniy tarbiya va sport klubi Bolalar va o‘smirlar sport maktabi  jamoasi yaxshi yutuqlar bilan boshladi. Joriy yilning 10-11 fevral kunlari Toshkent shahrida sportning qilichbozlik turi buyicha 2000-2002, 2003-2006 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida jamoaviy O‘zbekiston chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tdi. 

14 февраля

Respublikamizning 16 ta jamoasidan 150 nafar sportchi ishtirok etgan mazkur nufuzli musobaqada “So‘g‘diyona” jismoniy tarbiya va sport klubi Bolalar va o‘smirlar sport maktabi hamda viloyat Yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi jamoalari Navoiy viloyati sharafini himoya qildi. Quvonchlisi shundaki, “So‘g‘diyona” JTSK BO‘SM qilichbozlari chempionatda muvaffaqiyatli qatnashib, shahrimizga medallar shodasi bilan qaytishdi.

2000-2002 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida Emil Kagirov va Sunnat Amonov juftligi chempionat g‘olibligi va oltin medallarni qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, Yulduz Usmonova va Dilnoza Cho‘liyevadan iborat qizlar jamoasi uchinchi o‘rinni egallab, bronza medallari sohibi bo‘lishdi. 2003-2006 yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasidagi jamoaviy musobaqada Nargiza Karimova, Polina Kolesnikova va Viktoriya Kondrikovalar respublika chempioni bo‘lishdi. Shu yoshdagi o‘g‘il bolalar bahsida Amir Ashurov, Meyirxan Temurov va Sarvar Islomovlar faxrli shohsupaning 3-pog‘onasiga ko‘tarilib, bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.        

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 3166

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 3094

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 2391

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 2190

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 1641