Rektor va yoshlar uchrashuvi

Batafsil: Yaratildi: 12.02.2020 15:19 Tahrirlandi: 12.02.2020 15:53 Ko'rishlar soni: 527

Joriy yilning 11 fevral kuni Navoiy davlat konchilik institutining katta majlislar zalida institut rektori Q.Sanaqulovning talaba-yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

12 февраля

Uchrashuvda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 27 dekabr kuni mamlakat yoshlari bilan uchrashuvida yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan topshiriqlari muhokama mavzusiga aylandi. Shuningdek, Prezidentimizning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi, “2020 yil – Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” mazmun-mohiyati haqida so‘z bordi.

12 февраля2

Bugungi kunda institut tarkibida 3 ta fakultet, bitta filial, 14 ta kafedra faoliyat ko‘rsatmoqda. 15 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar, 10 ta mutaxassislik bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi. Institutda tahsil olayotgan 3,4 ming nafarga yaqin talabaga 207 nafar malakali professor-o‘qituvchi ta’lim bermoqda. Talaba yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida institutda 70 ta to‘garak faoliyati yo‘lga qo‘yilib, to‘garak ishtirokchilari uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilgan.

12 февраля3

Institut rektori, texnika fanlari doktori Quvondiq Sanaqulov mamlakatimizda olib borilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyatiga to‘xtalib, islohotlar zamirida yoshlardan talab qilinadigan narsa  – bu shijoat, bilim va harakat ekanini, talabalarning ilmiy va ijodiy potensialini oshirish, ularni to‘garaklarga ko‘proq jalb qilish, o‘qitishda dual tizimini takomillashtirish kabi masalalar bugungi kunning talabidan kelib chiqib, dolzarb va kechiktirib bo‘lmaydigan vaziflar ekanligi alohida ta’kidlandi.

12 февраля4

Tadbirda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar. Yakunda sportda qator yutuqlarni qo‘lga kiritgan talabalarga diplom va faxriy yorliqlar topshirildi.

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 3163

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 3091

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 2390

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 2190

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 1641