Zafarobodda sport ommalashmoqda

Batafsil: Yaratildi: 07.02.2020 17:32 Tahrirlandi: 12.02.2020 09:14 Ko'rishlar soni: 102

7 февраля

Sport bilan muntazam shug‘ullanish va ommaviy sport tadbirlarida ishtirok etish insonni jismonan chiniqtiradi, sog‘lig‘ini mustahkamlab, mehnat unumdorligini oshiradi.

Zafarobod qo‘rg‘onidagi “Yoshlik” madaniyat va sport markazida 5-kon boshqarmasi ishchi-xodimlari o‘rtasida kurash bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Unda kon boshqarmasining 1,2,3,4–geotexnologik konlari, harbiylashtirilgan qo‘riqlash otryadi, 6-avtokorxona, uy-joy kommunal xo‘jaligi, elektr tarmoqlar sexi hamda nazorat o‘lchov asboblari va avtomatik vositalari markaziy laboratoriyasi jamoalaridan 40 nafar xodim o‘zaro kuch sinashdilar.

IMG_6903

Musobaqada ikki nafar 4-geotexnologik koni va uch nafar harbiylashtirilgan qo‘riqlash otryadi vakillari o‘z vazn toifalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Ishchi-xodimlar orasida sportni ommalashtirishga hissa qo‘shgan qator faxriy sportchilar hamda 2019 yilda sport tadbirlarida faol qatnashgan konchilar, bo‘linma jamoalari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

“Yoshlik” madaniyat va sport markazi ijodiy jamoalari tomonidan namoyish etilgan konsert dasturi barchaga ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

            NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 2732

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 2692

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 2114

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 1933

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 1374



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish