Yoshlar bilan muloqot

Batafsil: Yaratildi: 05.02.2020 10:06 Tahrirlandi: 12.02.2020 09:14 Ko'rishlar soni: 157

IMG_0602

Yaqinda Zarkent shaharchasidagi “Konchi” madaniyat uyida Janubiy kon boshqarmasi direktori, xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining deputati Y.Shakarovning kon va bo‘linmalarda mehnat qilayotgan yoshlar vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda Yurtboshimizning 2019 yilning 27 dekabr kuni mamlakatimiz yoshlari bilan uchrashuvida aytilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash yuzasidan kon boshqarmasi yoshlari oldida turgan vazifalar xususida atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi. Yoshlarning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil etish, undan samarali foydalanish masalasiga har bir kon va bo‘linma rahbarlari jiddiy yondashishi, 5 ta muhim tashabbus bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilishi, barcha bo‘g‘inlarda innovatorlar klub va to‘garaklarini tashkil etish maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi. Yosh oilalardagi ajrimlar, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish kabi muammolarga e’tibor qaratildi.

Nurobod shahridagi “Mehnat” o‘yingohi, Zarkent va Marjonbuloq shaharchalaridagi “Yoshlar” sport majmualarida yoshlar, xususan xotin-qizlar o‘rtasida sportning ommaviyligini ta’minlash, madaniyat va sport muassasalarida turli tanlov va musobaqalarni muntazam o‘tkazib borish zarurligi aytib o‘tildi.

        

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 2732

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 2692

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 2113

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 1932

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 1374



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish