Yangi qoliplash uchastkasi ishga tushdi

Batafsil: Yaratildi: 04.02.2020 14:00 Tahrirlandi: 12.02.2020 13:58 Ko'rishlar soni: 336

YVV_9914

1-fevral kuni “Navoiy mashinasozlik zavodi” ishlab chiqarish birlashmasining quyish sexida yangi qo'lda qoliplash uchastkasi ishga tushirildi.

Tadbirda quyuv sexi mehnat jamoasi va faxriylar ishtirok etdilar. Yangi uchastkaning ochilish marosimida so'zga chiqqan NKMK bosh direktorining o'rinbosari G'.Sulaymonov hamda mehnat faxriysi S.Eshmuradovlar mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun quyuv ishlab chiqarishni yanada modernizatsiya qilish zarurligini ta'kidladilar. Ushbu loyihani amalga oshirishda faol ishtirok etgan ishchilarga faxriy yorliqlar va qimmatbaho sovg'alar topshirildi. Tadbir mehmonlari va faxriylar bayramona ruhda lentani kesishdi.

Tadbirda zavod ishchilari birinchi qolıp va flakonlarga metall quyish jarayonini namoyish etdilar. Sexda qoliplangan metallarni olish uchun yangi panjara o'rnatildi, quyma qoliplarni yig'ish uchun maydoncha ham tashkil etildi. Endi, katta o'lchamdagi qoliplardan tashqari barcha murakkab shakllar yangi hududda qoliplanadi.

Yangi qoliplash uchastkasi ishga tushirilishi bilan konchilik uskunalari uchun po'lat quyish yiliga 2000-2200 tonnaga oshiriladi. Shuningdek, sexda qo’shimcha yigirmadan ortiq ish o'rni yaratildi.

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 2890

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 2859

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 2217

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 2022

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 1470