Xorazmda hududiy sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi bo‘lib o‘tdi

Batafsil: Yaratildi: 28.01.2020 09:43 Tahrirlandi: 12.02.2020 09:09 Ko'rishlar soni: 519

28 январь

Joriy yilning 24-25 yanvar kunlari Urganch shahrida Xorazm viloyati hududiy sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi o‘tkazildi.

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan kooperatsiya aloqalarini yanada kengaytirish maqsadida kombinat avtomobil transporti ishlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i M.Israilov va muhandisi I.Sanaqulov, Mahalliylashtirish dasturlarini shakllantirish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari S.Alimov, transport moddiy-texnika ta’minoti bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari R.Eremeev, 5-kon boshqarmasi direktorining o‘rinbosari I.Zaripov va transport bo‘limi boshlig‘i A.Muxamedjanovdan iborat mutaxassislar guruhi hududiy sanoat yarmarkasida ishtirok etdi.

28 январь+2

Mutaxassislar “UzXCMG” qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan texnikalar bilan yaqindan tanishishdi. Shuni ta’kidlash lozimki, bugungi kunda mazkur korxonada ishlab chiqarilgan buldozerlar, frontal yuklagichlar, avtogreyderlar, g‘ildirakli ekskavatorlar va maxsus texnikalardan kombinat bo‘linmalarida foydalanilmoqda.

Kombinat mutaxassislari Navoiy viloyatida korxonaning xizmat ko‘rsatish markazini ochish xususida muzokaralar olib bordilar. “UzXCMG” korxonasida tayyorlangan 60 va 120 tonna yuk tashishga mo‘ljallangan XCMG XGA5900D3T va XDE120 rusumli yuk avtoag‘dargichlarning (avtosamosvallar) ko‘rgazmali taqdimoti o‘tkazildi.

Hududiy sanoat yarmarkasi doirasida “UzXCMG” korxonasi bilan kombinat o‘rtasida cooperation.uz elektron kooperatsiya portali orqali 11 ta yo‘l-qurilish va yer qazish texnikalarini xarid qilish yuzasidan umumiy qiymati
11,3 milliard so‘m bo‘lgan shartnomalar rasmiylashtirildi.

 NKMK Matbuot markazi.  

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

 

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 4189

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 4128

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 2927

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 2704

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 2157



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish