5-kon boshqarmasida yangi bo‘lim foydalanishga topshirildi

Batafsil: Yaratildi: 09.12.2019 13:14 Tahrirlandi: 16.01.2020 10:11 Ko'rishlar soni: 572

Barcha sohalarda bo‘lgani kabi, mamlakatimiz sanoatining bayroqdori bo‘lgan Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan ham O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining qutlug‘ 27 yilligi munosib bayram sovg‘alari bilan qarshi olindi.

Yana shuni alohida ta’kidlash kerakki, ko‘pming kishilik korxonaning barcha bo‘linmalarida baxtimiz Qomusi bayrami keng nishonlangani, ulug‘ ayyomda ko‘plab soha ilg‘orlari mehnati yuksak sharaflangani, shuningdek, bir qator bo‘linmalar tomonidan yurtimiz iqtisodiyotida muhim strategik ahamiyatga ega bo‘lgan ma’danlarni qazib olish yillik rejasi hamda qurilish-bunyodkorlik sohasida esa Investitsiya dasturining kombinatga taalluqli ijrosi muddatidan oldin sharaf bilan bajarilgani, shuningdek, 5-kon boshqarmasida muhim ishlab chiqarish ob’yekti foydalanishga topshirilgani umumxalq bayramiga munosib tuhfa bo‘ldi. 

9 декабря

Asosiy Qonunimiz bayrami arafasida 5-kon boshqarmasining Mexanika va ta’mirlash bo‘limida zamonaviy texnologiyalarga asoslangan yer ostida ishlaydigan nasoslarni ta’mirlash va qayta tiklash bo‘limi foydalanishga topshirildi.

Bu, majmua kelgusida nafaqat mablag‘larni iqtisod qilish, balki kombinat faoliyatida keng foydalanilayotgan bir necha mingdan ortiq nasoslarni o‘z vaqtida ta’mirlash, bir maromda ishlash imkonini beradi. 

9 декабря2

9 декабря3

Shundan so‘ng bayram tadbiri Zafarobod ko‘rg‘onidagi “Yoshlik” madaniyat uyida o‘tkazilgan tantanali marosim, bir guruh soha ilg‘orlari munosib rag‘batlantirish va musiqiy dasturlarga ulanib ketdi.

9 декабря5

9 декабря6

Mazkur tadbirlarda Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori, O‘zbekiston Qahramoni Q.Sanaqulov ishtirok etdi va ishtirokchilarni mehnat yutuqlari, bayram shodiyonalari bilan qizg‘in tabrikladi.

Ha, bugun bepoyon Qizilqum sahrosi bag‘rida fidokorona ter to‘kayotgan zahmatkashlar mehnatiga, yaratuvchanlik qobiliyatlariga qoyil qolmasdan iloj yo‘q. Kombinat ahli o‘z zimmasiga olgan vazifalarni sharaf bilan uddalab, yangi istiqbollar sari dadil odimlab bormoqda.

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 2732

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 2692

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 2114

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 1933

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 1374



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish