Soha ilg‘orlari va fidoyilari sharaflandi

Batafsil: Yaratildi: 06.12.2019 11:05 Tahrirlandi: 16.12.2019 16:38 Ko'rishlar soni: 576

Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi hamda 1-gidrometallurgiya zavodi tashkil etilganligining 55 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. 

6 декабря

Tadbirda Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori, O‘zbekiston Qahramoni Q.Sanaqulov so‘zga chiqib, tantana ishtirokchilarini 8 dekabr – Konstitutsiya kuni bilan samimiy muborakbod etdi.

Ta’kidlanganidek, Konstitutsiyamizning yurtimiz siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hayotidagi o‘rni beqiyos. Asosiy Qonunimiz mustaqillik timsoli, fuqarolarimiz huquq va erkinliklari kafolati sifatida el manfaati va yurtimiz taraqqiyotiga xizmat qilmoqda.

NKMK tarixi bepoyon Qizilqum cho‘llari bag‘rida uranning katta zahiralari topilishi, uni qazib chiqarish hamda qayta ishlash bilan bog‘liqdir. Ayni paytda kombinat bu strategik mahsulotni ishlab chiqarish bo‘yicha respublikada yagona  korxonadir. Bugungi kunda uranni qayta ishlash borasida tashkil etilganligining 55 yilligini nishonlayotgan 1-gidrometallurgiya zavodining o‘rni beqiyos. Bu zavod kombinatda foydalanishga topshirilgan eng birinchi sanoat ob’yektlaridan biri hisoblanadi. Ellik besh yilda bu korxona jamoasi tajriba sexidan kon boshqarmasigacha bo‘lgan mashaqqatli va sharafli yo‘lni bosib o‘tdi. Bu borada ko‘plab insonlarning, rahbar va muhandislarning, mehnat faxriylarining hamda ayni paytda mehnat qilayotgan zavod jamoasining munosib hissasi bor.

Shuningdek, NKMKning 5-kon boshqarmasi, Janubiy va Shimoliy kon boshqarmalarida olib borilayotgan ishlar diqqatga sazovordir. Dastlab uran ochiq va shaxta usulida qazib olinib, 1-GMZda qayta ishlangan bo‘lsa, hozirda yer ostida tanlab eritish usulida olinmoqda. Ayni paytda 6 ta geotexnologik kon tarkibini tashkil etuvchi 23 ta amaldagi konlar uran ishlab chiqarishining meneral xomashyo bazasi hisoblanadi. Har uchala kon boshqarmalarida mahsuldor qorishmani qazib olish va qayta ishlashning yangi texnologik yechimlarini topish yuzasidan tajriba-sanoat ishlari olib borilmoqda. Yangi asbob-uskunalarni joriy etish va amaldagisini modernizatsiyalash, kimyoviy reogentlar qo‘llanilishi elektr energiyasi sarfini iqtisod qilish va o‘z navbatida mahsulot ishlab chiqarish hajmi va sifatini oshirish hamda tannarxini arzonlashtirish imkonini bermoqda.

6 декабря2

1-GMZ tashkil etilganligining 55 yilligi munosabati bilan bir guruh soha ilg‘orlari va mehnat faxriylariga “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishonlari, “NKMK faxriysi” unvonlari va qimmatbaho sovg‘alar tantanali topshirildi.

Tadbir ishtirkochilariga “Farhod” madaniyat saroyi ijodiy jamoalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. 

6 декабря3

6 декабря4

6 декабря5

6 декабря6

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 2732

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 2692

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 2114

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 1933

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 1374



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish