SHARAFLI KASB EGALARI

Batafsil: Yaratildi: 16.03.2018 14:22 Tahrirlandi: 10.04.2018 14:51 Ko'rishlar soni: 893

Inson zoti borki, hamisha obod va ko‘rkam manzillarni makon tutib, barcha qulayliklarga ega xonadonlarda istiqomat qilish orzusida yashaydi. Bu jihatdan ulug‘ bobokalonimiz hazrat Alisher Navoiy nomi bilan atalgan shahrimiz aholisi har qancha shukronalar qilsa arziydi.

Doimo toza, obod ko‘cha va xiyobonlarimiz ayniqsa, bahor faslida o‘zgacha tarovat kasb etadi. Xonadonlarimizda shart-sharoitlar to‘la muhayyo. Bu haqda respublikamizning turli viloyatlaridan shahrimizga tashrif buyurgan mehmonlar ham havas bilan to‘lib-toshib gapirganlarida qalbimiz quvonchga to‘ladi.

DSC_0027

Navoiy shahrining ko‘rkam maskan bo‘lishi, uylarimizda xonadon bekalari istashganidek sharoitlar yaratilishida NKMK Uy-joy kommunal boshqarmasi ishchi-xizmatchilari, muhandis-texnik xodimlarining zahmatli mehnatlari mujassam. Ahil jamoa korxona va Navoiy shahri tashkil topganligining 60 yilligi hamda uyg‘onish va yasharish ayyomi – Navro‘zi olamni yorug‘ yuz bilan kutib olayapti. Boshqarma tarkibidagi ko‘kalamzorlashtirish, ta’mirlash-qurilish, issiqlik, issiq suv, kanalizatsiya, oqova suv tizimini sozlash va xizmat ko‘rsatish uchastkalari, energiya resurslari bo‘limi, avtotraktor parki, lift xizmati, 9 ta yotoqxona, 9 ta uy-joydan foydalanish idoralari, shahardan tash­qari mehmonxona majmuasi kabi bo‘linmalarda 1 ming 470 nafar turli kasb egalari fidoyilik namunalarini ko‘rsatib ishlashayapti. Boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas. Chunki Uy-joy kommunal boshqarmasi jamoasi zimmasidagi yumushlar behisob. Viloyatimiz markazi aholisining kayfiyati ko‘p jihatdan korxona ishchi-xizmatchilarining o‘z vazifalarini qanday uddalashlariga bog‘liq. Buni dildan his qilgan ahil jamoa boshqarma boshlig‘i, talabchan va g‘amxo‘r rahbar Dilbar Saidova etakchiligida bor kuch va imkoniyatlarini ana shu yumushlarni sidqidildan bajarishga safarbar etayapti.

Boshqarma 511 ta, jumladan 421 ta ko‘p qavatli uy-joylarga xizmat ko‘rsatadi. Mutasaddi bo‘linmalar ishchi-xizmatchilarining sa’y-harakatlari tufayli kuz-qish mavsumi namunali yakunlanayapti. Darvoqe, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bosqichida 15 ta uyning tom qismi, 60 ta uyning issiqlik tizimi mukammal, 921 ta xonadonning tom qismi joriy ta’mirlandi, 282 ta xonadonning tik quvurlari almashtirildi. SHuningdek, ko‘p qavatli uylarning 56 ta kirish yo‘laklari, 218 ta bolalar maydonchasi, 182 ta o‘rindiqlar ta’mirlandi, 143 ta yangi o‘rindiqlar o‘rnatildi. Mas’uliyatli mavsumda issiqlik va issiq suv tizimi bo‘linmasiga aholidan tushgan 16 mingdan ortiq turli murojaat o‘z vaqtida hal qilindi. Bo‘linma xodimlari shahar hududidagi 6 ta nasosga xizmat ko‘rsatishdan tashqari er osti suv quvurlari tozaligini ham doimiy nazorat qilib borishayapti.

жку

Shahar ko‘rkiga-ko‘rk qo‘shishda ko‘kalamzorlashtirish bo‘limi ishchilarining alohida xizmatlari bor. Uchastkada bahorgi obodonlashtirish ishlariga qish bo‘yi puxta tayyorgarlik ko‘rildi. Ayni kunlarda issiqxonada etishtirilgan 500 ming tup gul, 10 ming tup manzarali va 6 ming tup nina bargli daraxt ko‘chatlari ko‘cha, xiyobonlar, madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish va turar joy binolari oldidagi bo‘sh maydonlarga o‘tqazilmoqda. Bunday xayrli ishlar bilan bog‘liq bahorgi hasharlarda korxonalar mehnat ahli, oliy, o‘rta maxsus ta’lim dargohlari talabalari va o‘quvchilari, mahallalar fuqarolar yig‘inlari vakillari faol ishtirok etmoqdalar.

Etti, to‘qqiz qavatli barcha uylar va bitta besh qavatli uy aholisiga qulaylik yaratish maqsadida bu uylarga liftlar o‘rnatilgan. Boshqarma lift xizmati xodimlari UJKB tasarrufidagi 101 ta va shartnoma asosida 13 ta liftga xizmat ko‘rsatadi. O‘tgan yili bu liftlarni ta’mirlash, soz holda saqlash uchun 114 million 902 ming so‘mdan ko‘proq mablag‘ sarflandi. Navoiy kon-metallurgiya kombinatining moddiy qo‘llab-quvvatlashi evaziga 384 million 640 ming so‘mlik ehtiyot qismlar xarid qilindi hamda to‘rtta ishlamay turgan lift qayta ishga tushirildi. Lift xizmati xodimlari 2017 yilda salkam 3 mingtaga yaqin texnik ko‘riklar o‘tkazishdi. Aholining liftlarning ishlash holati yuzasidan buyurtmalari muntazam bajarilayapti. Xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilashni ko‘zlab, joriy yilda 3 ta yangi zamonaviy lift va qo‘shimcha ehtiyot qismlar olish mo‘ljallanmoqda. Boshqarmaning 14- avtotraktor parkida mavjud 62 ta texnika vositasi doimo shay holda. Avtokorxona UJKB bo‘linmalari va «Farhod» madaniyat saroyi, «So‘g‘diyona» sport majmuasini turli texnika vositalari bilan ta’minlaydi.

Uy-joy kommunal boshqarmasi tashkil topganligining shonli sanasi nishonlanayotgan kunlarda shahrimizni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishga beqiyos hissa qo‘shgan, hozir keksalik gashtini surayotgan faxriylarning nomlarini eslatib o‘tish maqsadga muvofiqdir. SHunisi quvonchliki, faxriylar jamoaning doimiy e’zozida. Xadiya Urmanova, Mahmud Sultanov, Xanafiya Yuldashev, Gulchira Axmetshina, Riza Elmuradov, Axtamqul Muratov, Xursand Raxmanova, Yuldash Saparov, Xolmurat Davlatov, Tursun Yuldasheva, Svetlana Karyakovseva singari o‘n sakkiz nafar faxriy korxonada 40 yil va undan ko‘proq muddat mehnat qilishgan.

Navro‘z ayyomi arafasida Uy-joy kommunal boshqarmasi mutaxassislari, ishchi-xizmatchilarining tashvishlari har qachongidan oshgan. Suv yo‘llari, bolalar maydonchalari, xiyobonlarni tozalash, tartibga keltirish, daraxt va gul ko‘chatlari o‘tqazish ishlari qizg‘in olib borilmoqda. Aholiga kommunal xizmatlar ko‘rsatishni yaxshilash, elektr energiyasi, issiq va sovuq suvdan foydalanganlik uchun to‘lovlar vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish ham e’tiborda bo‘layapti. Jamoa oldida turgan keng qamrovli vazifalarning bajarilishida issiqlik, issiq suv tizimini sozlash va xizmat ko‘rsatish uchastkasi ustalari A’zam Xudoyberdiev, Ahat Ikromov, elektrgaz payvandchi Samandar Davlatov, chilangar Ikrom Ro‘ziqulov, ko‘kalamzorlashtirish uchastkasi ishchilari Iroda Gadoeva, Zamira SHaripova, 5- uy-joydan foydalanish idorasi hisobchisi Dilrabo Pirnazarova, xazinachisi Dilobar Qurbonova, 14- avtotraktor parki dvigatel ta’mirlovchisi Hasan Kenjaev, tokari Firuz Eshnazarov, haydovchilar Tolib SHaripov, To‘lqin Mirzaev, lift xizmati ishchilari Zulfiya Boboeva, O‘raltosh Sanaqulova, elektr mexanik Olim Quvondiqovlarning hissalari katta bo‘layapti. Kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida mehnat qilib, minglab odamlarning olqishini olish yuksak sharaf. SHunday ekan, UJKB bo‘linmalarining xodimlari o‘z kasblari bilan faxrlanishga haqlidirlar.

Nizomiddin SADRIDDINOV.

Dilshod Suvanov olgan suratlar.

Mavzuga oid yangiliklar

«UCHQUDUQNING OLTIN» SAROYI

20.12.2017 16:06 1051

«QIZILQUM OVOZI – 2018»

25.04.2018 14:04 840

G‘OLIBLAR ANIQLANDI

01.02.2019 14:01 225

SHERZOD YANA SOVRINDOR

27.02.2019 13:57 222



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish