IJODKORLAR BILAN UCHRASHUV

Batafsil: Yaratildi: 16.03.2018 14:13 Tahrirlandi: 17.03.2018 09:42 Ko'rishlar soni: 2222

Yaqinda mamlakatimizning bir guruh adabiyot namoyandalari, ijodkorlar Navoiy viloyatiga tashrif buyurishib, Navoiy kon-metallurgiya kombinatining ishchi-xodimlari bilan uchrashdi.

Ulug‘ ajdodimiz hazrat Alisher Navoiy nomini sharaflab kelayotgan viloyat va kombinatimiz doimo adabiyotga, ijodkor so‘ziga yuksak e’tiborda bo‘lib keladi.

DSC_7383

– Milliy adabiyotimizni rivojlantirish, avlodlarimiz uchun tarbiya maktabi bo‘ladigan, ma’naviyatini mustahkamlash, ajdodlarga munosib bo‘lib etishishiga xizmat qiluvchi asarlar yaratish muhim vazifalar sirasiga kiradi, - deydi O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti, yozuvchi Ahmadjon Meliboev. – Ustozimiz Saydi Umirovning «Sehrli va mehrli so‘z» kitobi kombinat tomonidan chop ettirilishi yuqoridagi ulug‘vor ishlarga hamohangdir.

Navoiy davlat konchilik institutida taniqli olim, publitsist, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Saydi Umirovning «Sehrli va mehrli so‘z» kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ma’rifatparvar ziyolilar, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etgan tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi Sa’dulla Hakimov, mahoratli publitsist va yozuvchi Ahmadjon Meliboev, adabiyotshunos va tanqidchi Saydi Umirov, «Yoshlik» jurnali bosh muharriri Nodir Jonuzoq, taniqli fotojurnalist Abdug‘ani Jumaev, shoir Odil Hotamov va boshqa ijodkorlar mazkur kitobning ahamiyati haqida so‘z yuritishdi.

O‘zbekiston Qahramoni, Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori Q.Sanaqulov ijodkorlarni kombinatimizga tashrifi natijasida qiziqarli maqola, ocherk, safarnomalar yozilib, ommaviy axborot vositalarida chop etilishini aytib o‘tdi.

DSC_7857

Taniqli adib va shoirlarimiz institut o‘qituvchi murabbiylari, yosh olimlari, talabalari bilan dildan suhbatlashdi, zamonaviy laboratoriya jihozlari, ularda amaliyot o‘tash jarayoni bilan yaqindan tanishishdi. Ayniqsa, Navoiy mashinasozlik zavodi negizida tashkil etilgan Texnopark ularda katta taassurot qoldirdi.

Ijodkorlar ikkinchi kuni Markaziy kon boshqarmasiga qarashli eng yirik «Muruntov» oltin konida bo‘lib, dunyoda turdoshi yo‘q kon texnikalari bilan tanishishdi. Yosh mutaxassislar bilan muloqot qilishdi. Zarafshon shahrida kon boshqarmasining 30 ga yaqin bo‘limlarida mehnat qilayotgan yoshlar bilan uyushtirilgan davra suhbati mavzusi ham «Sehrli va mehrli so‘z» kitobi haqida bo‘ldi.

Safarning uchinchi kuni esa mehmonlar kombinatimizning ma’naviyat o‘choqlaridan Zarafshondagi Qizilqum sahrosini o‘zlashtirish va Navoiydagi NKMK tarixi muzeylaridagi nodir eksponantlar, kombinat tarixi, rivojlanish jarayoni, bugungi hayoti va yutuqlari bilan yaqindan tanishtirildilar.

 Azamat ZARIPOV.

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 10986

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 10511

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 4349

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 4197

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 3441



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish