YAXSHIDAN BOG‘ QOLADI

Batafsil: Yaratildi: 15.02.2019 14:03 Tahrirlandi: 15.02.2019 14:03 Ko'rishlar soni: 139

Qizilqum bag‘rida joylashgan Zafarobod qo‘rg‘onini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida olib borilayotgan xayrli ishlar odamlar qalbida ona-tabiatga mehr-muhabbat, ertangi kunga ishonch tuyg‘ularini uyg‘otmoqda.

5-kon boshqarmasi mehnatkashlarining Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori Quvondik Sanaqulov bilan uchrashuvida qo‘rg‘onda bolalar parki barpo etish g‘oyasi ilgari surilgan va bu borada mutasaddilarga tegishli vazifalar yuklangan edi. Bugungi kunda Zafarobod qo‘rg‘oniga kirish hududidan 15 gektar maydon ajratilib, uning 6 gektariga bolalar parki va 9 gektariga esa bog‘ yaratish bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi.

IMG_4831

– Mazkur maydonda Uy-joy kommunal bo‘limi ishchilari tomonidan texnika vositalari yordamida rejalashtirilgan 13 ming tupdan ortiq qayrag‘och ko‘chatlarining 7 mingtasi o‘tqazildi. Qizilqum iqlimi sharoitiga moslashgan bu ko‘chatlar o‘zimizda, ya’ni Zafarobod shaharchamizda barpo etilgan bog‘ maydonida etishtirildi. Ayni paytda nafaqat kon boshqarmasi bo‘linmalari, balki kombinat bo‘linmalarini ham ko‘chatlar bilan ta’minlamoqdamiz. Ko‘chatlarni tomchilab sug‘orish uchun quvur qurildi hamda katta sig‘imli maxsus idish o‘rnatildi. “Yangi hayot” sog‘lomlashtirish majmuasi atrofida 300 tup yong‘oq ko‘chatlari parvarish qilinmoqda. Taldiquduq zonasida 9 gektar maydonda uzumzor tashkil etish rejalashtirilgan. Uy-joy kommunal ho‘jaligiga qarashli issiqxonada parvarishlanayotgan turli xil daraxt va gul ko‘chatlari ham bahorning ilk kunlarida qo‘rg‘on hududlarida ekiladi, -deydi Uy-joy kommunal xo‘jaligi ustasi Vahob Bazarov.

IMG_4780

“Yurtimizni yanada obod qilaylik!” shiori ostida o‘tkazilgan umumxalq ekologik hasharida 5-kon boshqarmasi bo‘linmalari, umumta’lim maktablari mehnat jamoalari, qo‘rg‘on aholisi faol ishtirok etdi. Mahalla oqsoqollari “yashil hudud” maydonida hasharchilarni qo‘llab-quvvatlab, kelgusida bu ko‘chatlar go‘zal bog‘larga aylanishini tilab, duoga qo‘l ochdilar. Zero, xalqimizda “Yaxshidan bog‘ qoladi” degan dono naql bejizga aytilmagan.

Nafisa SAGATBAEVA.

Mavzuga oid yangiliklar

QUTLUG‘ YO‘LDA YO‘LBOSHCHINGGA YELKADOSH BO‘L

13.09.2017 10:41 1825

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 1657

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 1596

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 1260

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 1183