INNOVATSIYA – ZAMON TALABI!

Batafsil: Yaratildi: 08.02.2019 20:57 Tahrirlandi: 08.02.2019 20:57 Ko'rishlar soni: 268

Joriy yilning 2 fevral kuni NKMK boshqarmasida Navoiy kon-metallurgiya kombinati yoshlari etakchilari Kengashi tomonidan dekabr oyida e’lon qilingan “Eng yaxshi innovatsion g‘oya va ratsionalizatorlik taklifi – 2018” tanlovi yakunlari sarhisobi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda 35 yoshgacha bo‘lgan 32 nafar yoshlarning ishlab chiqarishda tadbiq qilingan 45 ta ratsionalizatorlik takliflari baholandi. Ta’kidlash joizki, kiritilgan takliflar 9,7 milliard so‘m iqtisodiy samaraga ega.

Tantanali marosimni NKMK bosh direktori, texnika fanlari doktori Q.S.Sanaqulov ochib, ushbu tanlovni quyi bo‘linmalardan boshlab bosqichma-bosqich “piramida” tarzida o‘tkazishni, so‘ngra eng yaxshi innovatsion g‘oya va ratsionalizatorlik takliflarini kombinat miqyosida baholashni taklif qildi. Ularning eng loyiqlarini yuqori darajada moddiy jihatdan rag‘batlantirish kerakligini ta’kidlab o‘tdi.

DSC_8239

Kelajak egalari bo‘lmish yoshlarni ushbu yo‘nalishga yanada keng jalb qilish eng muhim vazifalardan biridir. Chunki hozirgi shiddat bilan rivojlanib borayotgan mamlakatlar o‘rtasida bizning vatanimiz o‘z o‘rnini topishi, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishi uchun yangidan-yangi yondashuvlar va izlanishlar, innovatsiyalar va kashfiyotlar qilinishi kerak. Buning uchun davlatimiz rahbari tomonidan keng imkoniyatlar yaratilib berilmoqda. Jumladan, hukumatimizning 2018 yil 12 yanvardagi “Ilmiy-innovatsion ishlanma va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tadbiq etishning samarali mexanizmlarini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” va 2018 yil 12 martdagi “Xo‘jalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalaridagi innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorlariga asosan kombinatimizda innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil qilindi va o‘tgan yilda ishlab chiqarishda yangi texnologiyalarni joriy qilib, mahsulot olishni ko‘paytirish maqsadida jamg‘arma mablag‘i hisobidan 15 milliard so‘m sarflandi va iqtisodiy samaraga erishildi. Tanlov yakunida 7 yo‘nalish bo‘yicha eng yaxshi innovatsion g‘oya va ratsionalizatorlik takliflari egalari bo‘lgan yosh mutaxassislar diplomlar hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Kombinatda, hech shubhasiz, innovatsion faoliyat yuritish uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. NKMK Innovatsion markazi, NKMK yoshlari etakchilari va kasaba uyushmalar Kengashlari yoshlarni bu borada qo‘llab-quvvatlashga hamisha tayyor.

 S.RADJABOV, NKMK yoshlari etakchilari Kengashi raisi.

U.SHARAFUTDINOV, NKMK Innovatsion markazi boshlig‘i.

Mavzuga oid yangiliklar

SOVRINDORLARGA MEDALLAR TOPSHIRILDI

15.09.2017 06:16 1674

YANGI OB'YEKTLAR ISHGA TUSHDI

27.09.2017 08:44 1555

ZAVODDA AN’ANALAR QADRLANADI

02.10.2017 09:37 1418

HAR BIR MUHANDIS VA ISHCHI – IXTIROCHI

13.11.2017 13:28 1117

YANGI AVTOTRANSPORT VOSITALARI — YANGI IMKONIYATLAR KAFOLATI

14.11.2017 09:35 1303



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish