Batafsil: | Yaratildi: 04.02.2019 14:18 | Tahrirlandi: 04.02.2019 14:19 | Ko'rishlar soni: 1045 |
Yurtimiz tarixiy obidalarga boy. Dunyo sayqali degan ta’rifni olgan Samarqand nafaqat chet el sayyohlarini balki yurtdoshlarimizni ham o‘ziga maftun etadi. O‘zbekiston Prezidentining mamlakatimiz turizm salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan farmoni ijrosini ta’minlash hamda ichki turizmni jadal rivojlantirish, fuqarolarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi bilan tanishtirish maqsadida Shimoliy kon boshqarmasining 50 nafardan ziyod yoshlari Samarkandga sayohat qilishdi.
– O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Shimoliy kon boshqarmasi boshlang‘ich tashkilotlari etakchilari hamda faol a’zolari bilan birgalikda “Biz turizm bilan birga” aksiyasini e’lon qilganmiz -deydi Shkb yoshlar etakchisi Farrux Abdumo‘minov. – Birinchi tashrifimiz Samarqandga bo‘lgani bejiz emas. Chunki bu zaminda Imom Al Buxoriydek azizlarning ruhlari qo‘nim topgan. O‘z millatining qudratini qurgan imoratlari bilan ham namoyish etgan Sohibqiron Amir Temur bobomizning qadam izlari bor. Istiqlolning asoschisi bo‘lgan Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qabrlari joylashgan. Tarixiy qadamjolarga, ulug‘ avliyo va buyuk ajdodlarimizning muqaddas ziyoratgohlariga tashrif buyurgan yoshlarning qalbida g‘urur, faxrlanish, milliy an’ana va qadriyatlarga hurmat ruhi uyg‘ondi. Ikki kunlik sayyohat davomida Shkb yoshlari Xo‘ja Doniyor maqbarasi, hazrati Dovud ziyoratgohlarida ham bo‘lishdi.
Shkb rahbariyati va 1-sonli Kasaba uyushma qo‘mitasi bunday sayyohatni tashkillashtirishda homiylik qildi.
– Men birinchi marta Samarqandga tashrif buyurishim -deydi Sabit Satanov. – Ta’riflaganlaridan ham ziyoda joylar ekan. Ayniqsa, hazrati Dovud ziyoratgohi menda o‘zgacha taassurot qoldirdi. Oila a’zolarimni ham Samarqandga olib kelishni niyat qildim. Eng quvonarlisi shundaki, Prezidentimizning tashabbusi bilan ichki turizmini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor tufayli eng olis hududda yashayotgan uchquduqliklar ham bu imkoniyatlardan foydalanishmoqda.
NKMK matbuot markazi.
Navoiy kon-metallurgiya kombinati olimlari va mutaxassislarining konchilik sohasidagi bilim va malakasi, ulkan salohiyati xalqaro miqyosda e’tirof etilib, ularning…
15.09.2017 06:16 | 3437 |
Eng ulug‘, eng aziz bayram – O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 26 yilligi arafasida Navoiy kon-metallurgiya kombinati bo‘linmalarida ikkita…
27.09.2017 08:44 | 3054 |
“Navoiy mashinasozlik zavodi” ishlab chiqarish birlashmasida 19 avgustdan 9 sentyabrgacha ishchi-xodimlarning kasbiy mahoratini aniqlash bo‘yicha “Eng yaxshi yosh ishchi”…
02.10.2017 09:37 | 3525 |
Navoiy kon-metallurgiya kombinatida modernizatsiya tizimi ko‘p yillardan buyon aniq va puxta tashkil qilingan. Mavjud asbob-uskunalarni modernizatsiya qilish va texnologik jarayonga yangi…
13.11.2017 13:28 | 2426 |
Kombinatning eng yirik, ko‘p tarmoqli bo‘linmalaridan biri bo‘lgan Markaziy kon boshqarmasida mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi tobora…
14.11.2017 09:35 | 2865 |
Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…
Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…