SENATORDAN QARIYALARGA SOVG‘A

Batafsil: Yaratildi: 04.02.2019 14:02 Tahrirlandi: 13.02.2019 19:58 Ko'rishlar soni: 261

Bugungi kunda Uchquduq tumanida  2500  nafardan ortiq keksalar istiqomat qiladi. Olis cho‘l hududida yashayotgan nuroniylarni  ijtimoiy himoyalash, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, turmush darajasini oshirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. O‘z vaqtida berilgan e’tibor va g‘amxo‘rlik qariyalar umriga umr qo‘shishi aniq.

кариялар

“Uchquduq” madaniyat uyida senator Quvondiq Sanaqulov bilan uchquduqliklarning uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi. Senator o‘tgan yili 3 mlrd so‘m evaziga to‘la ta’mirlangan va eng zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan ta’minlangan “Konchi” sihatgohida qariyalarning bepul davolanishlari uchun yo‘llanma ajratilishini aytgan edi. Hozirda 45 nafar uchquduqlik otaxonu onaxonlar ana shu sihatgohda o‘z sog‘liklarini tiklamoqdalar.

кариялар1

– Inson yoshi ulg‘aygani sayin e’tiboru e’zozga ehtiyoji ortib boraverar ekan. Davolash maskanidagi shirin so‘zi jonga malham tibbiyot xodimlarining har bir so‘zidan, har bir muolajaasidan ko‘nglimiz tog‘dek yuksalib, sihatimiz mustahkamlanmoqda. Bularning bari yurtimizda inson manfaatlari ustuvor ekanligining yaqqol tasdig‘idir, - deydi Uchquduq tuman “Nuroniy” jamg‘armasi raisi Abdulla Keruenbaev.

NKMK matbuot markazi.

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 2287

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 2275

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 1792

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 1655

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 1086