Batafsil: | Yaratildi: 01.02.2019 14:01 | Tahrirlandi: 13.02.2019 19:59 | Ko'rishlar soni: 58 |
Joriy yilning 23 yanvaridan 30 yanvariga qadar 3-sonli Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan “Alpomish” SM ga qarashli shaxmat klubida MKB ishchi-xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni sportga jalb etish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini tashkil qilish maqsadida sportning shashka turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Mazkur musobaqaning birinchi guruhida jami 8ta jamoa ishtirok etdi. Qizg‘in baxslarga boy musobaqada faxrli birinchi o‘rinni 2-GMZ jamoasi qo‘lga kiritdi. Ikkinchi hamda uchinchi o‘rinlarga Sanoat issiq suv ta’minoti va oqova suvlarni tozalash sexi va Markaziy ta’mirlash mexanika sexi jamoalari loyiq deb topildi.
Musobaqaning ikkinchi guruhida jami 6ta jamoa o‘zaro kuch sinashdi. Qiziqarli bahslarda ishtirokchilar o‘zlarining mahoratlarini namoyon etishdi. Umumiy hisob bo‘yicha ZQB jamoasi birinchi, TYTB jamoasi ikkinchi, Tarmoqlar va nimstansiyalar sexi jamoasi uchinchi o‘rin qo‘lga kiritdi.
G‘oliblar Markaziy kon boshqarmasi Birlashgan kasaba uyushmasi tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Musobaqadan ko‘zlangan maqsad sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish orqali mehnat faoliyati samaradorligini oshirishga ko‘maklashish, ishchi-xodimlarni sportning ommaviy turlariga jalb etish, ular o‘rtasida birdamlikni ta’minlashdan iboratdir.
NKMK Matbuot markazi.
Yoshlik – umrning eng latif fasli. Unda zo‘r qudrat etiladi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev joriy yil 30 iyun kuni mamlakatimiz yoshlari bilan uchrashuvda bu jihatlarga to‘xtalib,…
13.09.2017 10:41 | 1505 |
Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…
28.09.2017 08:36 | 1302 |
Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…
28.09.2017 08:41 | 1264 |
Joriy yilning 8 sentyabr kuni “Farhod” madaniyat saroyida viloyatimizdagi shahar va shahar tashqarisidagi bolalar oromgohlarida yozgi sog‘lomlashtirish…
28.09.2017 09:52 | 997 |
“Navoiy mashinasozlik zavodi” ishlab chiqarish birlashmasi ko‘p yillik boy tarixga ega. Uning bo‘linmalarida mashinasozlik sohasining turli yo‘nalishlari bo‘yicha…
02.10.2017 09:32 | 953 |
Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…
Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…