YOSHLAR BELLASHDILAR

Batafsil: Yaratildi: 31.01.2019 13:41 Tahrirlandi: 31.01.2019 13:41 Ko'rishlar soni: 292

Joriy yilning 30 yanvar kuni Markaziy kon boshqarmasiga qarashli Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash otryadining shaxsiy tarkibi jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning tavalludining 81 yilligi munosabati bilan “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

20190130_133142

Intellektual o‘yinda Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash otryadining “Lochinlar”, “Yoshlar”, “Shunqorlar”, “Bilimdonlar” hamda “Serjantlar” jamoalari o‘zaro bellashishdi.

O‘yin uch qismdan iborat bo‘lib, unda yoshlarning zukkoligi, Islom Karimov asarlari yuzasidan bilim darajalari sinovdan o‘tkazildi. O‘yin shartlarini hakamlar xay’ati Mels Rajabov, Utkir Farmonovlar holisona baholab borishdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra Idoraviy xarbiylashtirilgan qo‘riqlash otryadining “Yoshlar” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 2-o‘rin esa “Lochin” jamoasi yigitlariga nasib etdi. “Shunqorlar” jamoasi 3-o‘ringa loyiq deb topildi.

20190130_143404

Bunday ma’rifiy tadbirlarning o‘tkazilishi yoshlarimizning bilim saviyasi hamda intellektual salohiyatini oshirishi bilan ahamiyatlidir.

NKMK Matbuot markazi.

Mavzuga oid yangiliklar

QUTLUG‘ YO‘LDA YO‘LBOSHCHINGGA YELKADOSH BO‘L

13.09.2017 10:41 1705

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 1533

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 1478

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 1154

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 1096