“ISLOM KARIMOV – MA’NAVIY JASORAT SOHIBI”

Batafsil: Yaratildi: 30.01.2019 20:37 Tahrirlandi: 30.01.2019 20:38 Ko'rishlar soni: 62

Navoiy kon-metallurgiya kombinati bo‘linmalarida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 81 yilligi munosabati bilan ana shu mavzuda ma’naviy-ma’rifiy kechalar, xotira tadbirlari o‘tkazildi.

DSC_0374

Birlashgan energiya xizmatida bo‘lib o‘tgan tadbirda kombinatning ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha etakchi muhandisi Xolmamat Raupov so‘zga chiqib, Islom Karimovning mamlakatimizni mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib, og‘ir qiyinchiliklar va sinovlarga qaramay, tarixan qisqa davrda jadal rivojlanayotgan zamonaviy demokratik davlatga aylantirgan shaxs sifatidagi ulkan ishlari xususida to‘xtalib o‘tdi.

Bugun yurtimizda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan Islom Karimov xotirasiga munosib hurmat-ehtirom ko‘rsatilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2017 yil 25 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi tuzildi. Toshkent davlat texnika universiteti, Asaka shahridagi avtomobil zavodi, Farg‘ona shahridagi San’at saroyi, Toshkent xalqaro aeroporti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyat markazlaridagi ko‘chalarga Islom Karimov nomi berildi. Toshkent, Samarqand va Qarshi shaharlarida buyuk Yo‘lboshchimizning haykali o‘rnatildi.

DSC_0370

Birinchi Prezidentimiz dafn qilingan Samarqand shahridagi Hazrati Xizr majmuasi yonida ulug‘vor maqbara bunyod etildi. Bu yodgorlik yurtdoshlarimiz qadami uzilmaydigan muqaddas ziyoratgohga, yoshlar uchun katta tarbiya maskaniga aylandi.

— Mamlakatimizda Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayapti. Yoshlarimiz bilan poytaxtimiz — Toshkent shahriga Birinchi Prezidentimiz nomidagi ilmiy-ma’rifiy majmuaga sayohat uyushtirish niyatidamiz, - deydi O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Birlashgan energiya xizmati boshlang‘ich tashkiloti etakchisi Ma’rufjon Farmonov.

Azamat ZARIPOV.

Mavzuga oid yangiliklar

QUTLUG‘ YO‘LDA YO‘LBOSHCHINGGA YELKADOSH BO‘L

13.09.2017 10:41 1505

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 1302

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 1264

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 997

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 953



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish