YONG‘IN XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH − DOIMIY E’TIBORDA

Batafsil: Yaratildi: 24.01.2019 20:50 Tahrirlandi: 24.01.2019 20:50 Ko'rishlar soni: 72

Bugungi kunda ozod va obod yurtimiz ulkan qurilish maydoniga aylangan desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Deyarli har kuni serquyosh o‘lkamizning turli shahar va qishloqlarida zamonaviy ishlab chiqarish, turarjoy, ijtimoiy, madaniy-maishiy, xizmat ko‘rsatish ob’ektlari qurilib, foydalanishga topshirilishiga odatlanib qoldik.

IMG_3420

Joriy yilning 14 yanvar kuni Janubiy kon boshqarmasi “Zarmitan” sanoat maydonida joylashgan 4-gidrometallurgiya zavodi, “G‘ujumsoy” koni va boshqa ob’ektlarning yong‘in xavfsizligini ta’minlovchi 14-Harbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi qismining yangi binosi ishga tushirildi hamda Vatan himoyachilari kuni qism jamoasi uchun qo‘shaloq bayramga aylanib ketdi. Mazkur qism 2010 yilda tashkil etilgan bo‘lib, 4-gidrometallurgiya zavodi yonida vagon tipidagi konteynerlarda faoliyat ko‘rsatardi. Endilikda qism o‘zining yangi binosiga ega bo‘ldi. Shuni ta’kidlash kerakki, ishlab chiqarish va turarjoy ob’ektlarining yong‘in xavfsizligini ta’minlash hamisha eng dolzarb vazifalardan biri bo‘lgan. Bu, ayniqsa Navoiy kon-metallurgiya kombinati ob’ektlari uchun alohida muhim ahamiyat kasb etadi. SHu boisdan kombinat rahbariyati Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi va uning joylardagi bo‘linmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xizmatchilarning jismoniy va jangovar tayyorgarligini oshirishga katta e’tibor qaratib kelmoqda. 14-Harbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi qismining yangi binosi foydalanishga topshirilgani ham fikrimizning isbotidir. Zarafshon qurilish boshqarmasi jamoasi kuchi bilan bunyod etilgan mazkur ob’ekt qurilishi uchun besh milliard olti yuz oltmish million so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi. Binoda shaxsiy tarkibning xizmat vazifasini bugungi kun talablari darajasida bajarishi uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Qismda zamonaviy ma’muriy bino, oshxona, yotoqxona, o‘quv va xizmat xonalari, 4 ta yong‘in o‘chirish avtomobillariga mo‘ljallangan garaj, nazorat o‘tish posti, yong‘in o‘chirish amaliy sporti mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun o‘quv minorasi, yong‘in o‘chirish va yong‘in sodir bo‘lganda insonlarni qutqarish va yordam ko‘rsatish amaliy mashg‘ulotlari uchun tutunxona barpo etilgan. Bino alohida qozonxona va isitish tizimiga ega. Har biri 50 kub metr sig‘imli uchta rezervuarning borligi qismning doimiy suv zaxirasiga ega bo‘lish imkonini beradi. Tovar-moddiy boyliklarni saqlash uchun omborxona qurilgan. Qism binosi kuzatish moslamalari, xonalar zarur texnika va axborot kommunikatsiya vositalari bilan ta’minlangan. Jangovar tarkibning o‘z faoliyatini samarali olib borishiga erishish maqsadida bir milliard to‘rt yuz oltmish besh million so‘mga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan “ISUZU” NQR 7PL rusumli zamonaviy yong‘in o‘chirish avtomobili xarid qilindi.

IMG_3355

Qism yangi binosining ochilish marosimi tantanali tarzda nishonlandi. Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh muhandisi N.Snitka, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in  xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari A.Ro‘ziev, Qo‘shrabot tumani hokimi H.Oqbo‘taevlar yig‘ilganlarni Vatan himoyachilari kuni va 14-Harbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi qismining zamonaviy binosi foydalanishga topshirilishi munosabati bilan qizg‘in tabrikladilar. “Hozirgi kunda Navoiy kon-metallurgiya kombinati Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi tasarrufidagi 14 ta Harbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi qismlari, 2ta Harbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi alohida postlari va 5 ta Kasbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi qismlari kombinat ob’ektlarini yong‘indan muhofaza qilib kelmoqda. Bosh boshqarma rahbariyati nomidan mazkur qism binosini bunyod etishda fidokorona mehnat qilgan quruvchilarga, Yong‘in xavfsizligi qismlariga har tomonlama moddiy yordam ko‘rsatayotgan kombinat ma’muriyatiga minnatdorchilik bildiraman,” -dedi jumladan o‘z so‘zida A.Ro‘ziev.

IMG_3556

Tantanali yig‘ilishda NKMK bosh muhandisi N.Snitka 14-Harbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi qismi boshlig‘i J.Nuriddinovga yangi binoning ramziy kaliti, zamonaviy yong‘in o‘chirish avtomobilining kaliti va kompyuter jamlanmasini topshirdi. Qismda yaxshi xizmat qilayotgan xodimlar va yangi binoni bunyod etishda fidoyilik ko‘rsatgan quruvchilar 2-Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasining qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Yong‘in xavfsizligi organlarida uzoq yillar xizmat qilgan faxriylarga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasining “Tashakkurnoma”si topshirildi.

Janubiy kon boshqarmasi “Nurobod” madaniyat uyi badiiy havaskorlik jamoalarining dilrabo kuy, qo‘shiqlari tadbirga bayramona ruh, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat, zavq-shavq bag‘ishladi.

Nizomiddin SADRIDDINOV.

Ma’rufjon HAYITOV olgan suratlar.

Mavzuga oid yangiliklar

QUTLUG‘ YO‘LDA YO‘LBOSHCHINGGA YELKADOSH BO‘L

13.09.2017 10:41 1505

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 1302

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 1264

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 997

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 953



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish