«TISHLARINGIZNI ASRANG VA CHIROYLI JILMAYING...»

Batafsil: Yaratildi: 01.12.2017 09:21 Tahrirlandi: 17.04.2018 16:29 Ko'rishlar soni: 1011

Kombinat tasarrufidagi Tibbiy-sanitariya bo‘limning 5-tibbiy- sanitariya qismida 28 nafar shifokor, 105 nafar o‘rta  va 46 nafar kichik tibbiyot xodimi faoliyat yuritadi. 5-kon boshqarmasi ishchi-xodimlari va ularning oila a’zolarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, tibbiy madaniyatini oshirish, salomatligini muhofaza qilish ular zimmasida. Tibbiyotchilar jamoasida jonkuyarlik bilan faoliyat yuritib, kasbidan obro‘ topib, el duosini olib mehnat qilayotganlar talaygina. Ulardan biri oliy toifali tish shifokori Abdumalik Nurbaevdir. Konimex tumanida tavallud topgan Abdumalik akaning momosi xalq tabobatidan xabardor qo‘li engil tabib bo‘lib, zarur paytda hamqishloqlari dardiga malham bo‘lardi. Darddan forig‘ bo‘lgan kishilarning chin dildan bildirgan minnatdorchiliklari, olqishlari unda shifokorlik kasbiga mehr uyg‘otdi. Qolaversa, ikkita opasi ham tibbiyot sohasini tanlashgandi.

Abdumalik orzulari yo‘lida tinmay o‘qib-o‘rgandi va kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirib, Toshkent davlat tibbiyot instituti talabasi bo‘ldi. U 1988 yilda institutning stomotologiya fakultetini tamomladi. Bitiruvchilar oldida Rossiya davlatining beshta shahrida ishlash imkoniyati bor edi. Abdumalik Nurbaev qat’iyat bilan o‘z ona-yurtini tanladi. U Navoiy viloyatining cho‘l hududida ham uning mehnati zarurligini, odamlarga bu erda ko‘proq foydasi tegishi mumkinligini bilardi. Dastlab Karmana va Konimex tumani tibbiyot muassasalarida mehnat qilib, oliygohda olgan bilimlarini amaliyotda mustahkamladi. 1994 yildan boshlab mehnat faoliyatini 5-tibbiy-sanitariya qismida davom ettirdi. U kasbiga bo‘lgan kuyunchakligi, bemorlar dardiga xayrixohligi, odamgarchiligi bilan zafarobodliklar orasida hurmat-e’tibor qozondi.

IMG_9733

Ko‘pchilik tish shifokoriga ichki bir qo‘rquv bilan murojaat qiladi. Bu, shifokordan ziyraklik, xushmuomalalik, har bir bemorga alohida yondashuvni talab qiladi. Qabulga kelgan bemorlar Abdumalik akaning oddiyligi va samimiyatidan ko‘ngillari ko‘tarilib, tezda qo‘rquvdan xalos bo‘lishadi. Natijada stomotologik kursini yaxshi kayfiyat, tabassum va minnatdorlik bilan tark etadilar.

Abdumalik aka bemorlarni davolash bilan birga, ularga tishlarni to‘g‘ri parvarish qilish bo‘yicha qimmatli maslahatlar beradi.

–  Inson tishlarining ustki emal qavatining qattiqligi fil suyagidan qolishmaydi. Biz iste’mol qiladigan oziq-ovqat va ichimliklarda tishni emiruvchi mikroblar uchraydi. Ular tishlar orasida qolib ketgan ovqat qoldiqlariga o‘rnashib ko‘paya boshlaydi va tishlarni emiradi. Karies kasalligi og‘riqsiz boshlanadi yoki milk yallig‘lana boshlaydi. Ulardan faqat tish cho‘tkalari va tish pastalari yordamida qutulish mumkin. SHuning uchun ertalab nonushtadan so‘ng, kechqurun esa uxlashdash oldin tishlarni albatta 2-3 daqiqa mobaynida tozalab yuvish kerak. Tishlar nafaqat oziqlanish vositasi, balki yuzning chiroyli ko‘rinishi, nutqni to‘g‘ri talaffuz qilishda, tomoq, oshqozon va ichak kasalliklari profilaktikasida ham katta ahamiyatga ega, - deydi tajribali shifokor.

Abdumalik aka Nurbaev ahil bir oilaning ustunidir. Konimex tumanidagi 7- sonli maktabda qariyb 30 yildan buyon o‘quvchilarga o‘zbek tili va adabiyoti fanidan ta’lim berib kelayotgan turmush o‘rtog‘i Oliya Rasulova «Shuhrat» medali sohibasi. Ibratli oilada voyaga etgan ikki qiz va ikki o‘g‘il ota-onasiga o‘xshab bilimli, kasb-korli bo‘lishga intilishayapti. Gulsum Toshkent tibbiyot akademiyasining sanitariya-gigiena fakultetini bitirgan. Hozir Toshkent shahridagi tibbiy muassasalardan birida mehnat qiladi. Sarvinoz Ichki ishlar akademiyasini davlat granti asosida imtiyozli diplom bilan tamomlab, Navoiy shahar Ichki ishlar boshqarmasida tergovchi bo‘lib ishlaydi. G‘iyosiddin ham kelajakda harbiy sohada ishlashni orzu qiladi. Ilyos shu yil Buxoro tibbiyot institutining stomotologiya fakulteti talabasi bo‘ldi.

–  Mamlakatimiz rahbarining «Navoiy viloyatining olis cho‘l tumanlari aholisi turmush darajasini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ko‘pgina oilalarga imkoniyatlar eshigini ochdi. O‘g‘lim berilgan imtiyozlardan foydalanib, kasbimni davom ettirishga muvaffaq bo‘ldi. Bundan judayam minnatdormiz, - deydi qahramonimiz xursandlik bilan.

Ha, hayoti, kasb-kori va farzandlari kamolidan mamnun Abdumalik Nurbaev shu yil qutlug‘ 55 yoshni qarshiladi. Umrini insonlar salomatligiga bag‘ishlab kelayotgan Abdumalik aka quyidagi so‘zlarni takrorlashdan charchamaydi: «Tishlaringizni asrang, chiroyli jilmaying, shunda hayot ham sizga tabassum bilan kulib boqadi».

 Nafisa SAGATBAEVA.

Alisher ACHILOV olgan surat.

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 2174

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 2170

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 1705

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 1580

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 1004



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish