Batafsil: | Yaratildi: 29.10.2018 21:25 | Tahrirlandi: 29.10.2018 21:26 | Ko'rishlar soni: 445 |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 sentyabrdagi “Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlari va Zarafshon shahrini kompleks rivojlantirish hamda aholisi bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan ushbu hududlarda qator ezgu ishlar amalga oshirilyapti.
Mazkur qarorda, Navoiy kon-metallurgiya kombinatining ushbu hududlarda mahalliy aholini ish bilan ta’minlash uchun tikuv mashinalari xarid qilib, tikuvchilik va trikotaj buyumlar ishlab chiqarishni tashkillashtirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullangan edi. Shunga muvofiq, joriy yilning 27 oktyabr kuni Konimex tumani markazida “Konimex-Tex” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasi foydalanishga topshirildi. Tadbirda tuman hokimi M.Egamqulov, NKMK bosh direktorining o‘rinbosari N.Rahmanov, NKMK kasaba uyushmalari Kengashi raisi I.Rahmatov, faol oqsoqol va nuroniylar, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Yangi korxona ochilishida ta’kidlanganidek, viloyatning olis hududlaridan biri hisoblangan Konimex tumanini kompleks rivojlantirish va aholisi turmush darajasini oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
- Korxonamiz faoliyatini boshlashi uchun tuman hokimligi bizga foydalanilmasdan bo‘sh turgan maktab bino-inshootlarini uch tomonlama shartnoma asosida “nol” qiymatda ijaraga berdi. Navoiy kon-metallurgiya kombinati rahbariyati tomonidan Xitoyda ishlab chiqarilgan 1 milliard 300 million so‘mlik tikuvchilik asbob-uskunalar olib berildi. Tuman xotin-qizlarining bandligini ta’minlash maqsadida hozirda 45 ta yangi ish o‘rni yaratilgan bo‘lsa, 2019 yilning fevral oyiga kelib ushbu ko‘rsatgich 120 ta ish o‘rnini tashkil qiladi. Jamoamiz asosan yoshlardan iborat bo‘lib, ularning samarali mehnat qilishi uchun oshxona, kiyinish va yuvinish xonalari tashkil etilgan. Endilikda biz mahalliy xomashyodan foydalangan holda bir nechta turdagi tayyor trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarib, asosiy qismini eksportga yo‘naltiramiz, - deydi “Konimex-Tex” MCHJ rahbari X.Ravshanov.
Bunday ezgu ishlar viloyatimizning olis cho‘l hududlarida tadbirkorlar va ishbilarmonlarga yaratilayotgan keng imkoniyat va shart-sharoitlarning samarasidir.
NKMK matbuot markazi.
Yoshlik – umrning eng latif fasli. Unda zo‘r qudrat etiladi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev joriy yil 30 iyun kuni mamlakatimiz yoshlari bilan uchrashuvda bu jihatlarga to‘xtalib,…
13.09.2017 10:41 | 1505 |
Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…
28.09.2017 08:36 | 1301 |
Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…
28.09.2017 08:41 | 1263 |
Joriy yilning 8 sentyabr kuni “Farhod” madaniyat saroyida viloyatimizdagi shahar va shahar tashqarisidagi bolalar oromgohlarida yozgi sog‘lomlashtirish…
28.09.2017 09:52 | 997 |
“Navoiy mashinasozlik zavodi” ishlab chiqarish birlashmasi ko‘p yillik boy tarixga ega. Uning bo‘linmalarida mashinasozlik sohasining turli yo‘nalishlari bo‘yicha…
02.10.2017 09:32 | 953 |
Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…
Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…