KOMBINAT MUTAXASSISLARI FINLYANDIYADA BO‘LISHDI

Batafsil: Yaratildi: 19.10.2018 15:05 Tahrirlandi: 19.10.2018 15:07 Ko'rishlar soni: 1104

Joriy yilning sentyabr oyida Janubiy kon boshqarmasi bosh muhandisi o‘rinbosari B.Norqulov va NKMK Markaziy loyihalash byurosi boshlig‘i o‘rinbosari O.Jabborovlardan tashkil topgan bir guruh Navoiy kon-metallurgiya kombinatining mutaxassislari tog‘-kon asbob-uskunalarni ishlatish tajribasi bilan tanishish maqsadida Finlyandiyaga safar uyushtirishdi. 

шахта финляндия

- Biz Oulu hududining janubida joylashgan mis, rux va sulfat qazib olish bo‘yicha Yevropadagi eng chuqur «Pyhasalmi mine» shaxtasida bo‘ldik. Kanadaning «First Quantum Minerals» tog‘-kon korporatsiyasiga tegishli shaxtaning chuqurligi 1 435 metr. Bu yerda yer osti konchilik ishlarida 270 nafar odam jalb qilingan. Shaxtaning unumdorligi yiliga 1,4 million tonna ma’danni tashkil qiladi, - deydi NKMK Markaziy loyihalash byurosi boshlig‘i o‘rinbosari O.Jabborov. 

Shaxta ichida kovsh hajmi 10 kub metr bo‘lgan va masofadan boshqariladigan «Sandvik TORO 0011 LHDs» rusmli o‘ziyurar yukortgichlaridan foydalaniladi. Xavfsiz joyda joylashgan, kompyuter, joystik, displey va barcha qo‘layliklar bilan jihozlashgan mikroavtobus ichida o‘tiradigan operator o‘ziyurar yukortgichlarning barcha harakatlarini nazorat qiladi va boshqaradi. Shuningdek, bu yerda o‘ziyurar burg‘ulash uskuna va yordamchi mashinalari ishlatiladi. Shaxtada yer osti samosvallari ishlatilmaydi, ularning vazifalarini yuqorida ko‘rsatilgan o‘ziyurar yukortgichlar bajaradi.           

Bundan tashqari, shaxtada yer osti ta’mirlash ustaxonasi, oshxona, dispetcherlar xonasi, ehtiyot qismlar ombori, moyka va avtomatik yong‘in o‘chirish tizimi bilan jihozlangan yoqilg‘i qo‘yish stansiyasi mavjud.

NKMK matbuot markazi. 

Mavzuga oid yangiliklar

QUTLUG‘ YO‘LDA YO‘LBOSHCHINGGA YELKADOSH BO‘L

13.09.2017 10:41 2250

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 2066

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 2053

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 1623

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 1507



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish