INTILISH VA IZLANISH – YUTUQLAR GAROVI

Batafsil: Yaratildi: 09.10.2018 21:52 Tahrirlandi: 09.10.2018 21:58 Ko'rishlar soni: 494

Uran qazib olish va uni qayta ishlash hajmini oshira borish Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamoasi oldida turgan asosiy vazifalar sirasiga kiradi. Bu esa kombinatning shu yo‘nalishga ixtisoslashgan 5-kon boshqarmasida ish ko‘lamini kengaytirish, ishlab chiqarishda yuksak samaradorlikka erishish imkonini beradigan yangi texnika va texnologiyalarni qo‘llanishni taqozo etadi. Kon boshqarmasi rahbariyati, mutaxassislari va ishchi-xizmatchilari ana shu mas’uliyatni chuqur anglagan holda ish tutayotganliklari tufayli korxonada yaxshi natijalar qo‘lga kiritilayapti. Kon boshqarmasida mahsulot ishlab chiqarish sakkiz oylik rejasi 100,5 foizga bajarildi. Erishilayotgan yutuqlarda kon boshqarmasi geologiya va geotexnologiya xizmatlari mutaxassislarining munosib hissasi bo‘layapti. Suhbatdoshlarimiz – kon boshqarmasi bosh geologi Xayrulla Axadov va bosh geotexnologi Maqsud Bozoraliyevlar mazkur xizmatlar jamoalari oldida turgan vazifalar va ayni paytda amalga oshirilayotgan ishlar haqida quyidagilarni gapirib berdilar.

геологи РУ-5

X.Axadov: – Kon boshqarmasi geologiya-geofizika xizmati korxona mineral xomashyo bazasini mustahkamlash va rivojlantirishda muhim vazifalarni bajaradi. Xizmatning faoliyat doirasi keng va ko‘p qirrali bo‘lib, korxonada uzoq yillar ish maromini ta’minlash uchun ochish ishlarida to‘g‘ri yo‘nalish tanlash, mineral xomashyo bazasini rivojlantirishning istiqbolli rejalarini ishlab chiqish, burg‘ilash, tayyorlash va qazish ishlari bajarilishini, yer qa’ridan metallni ajratib olishning to‘liq bo‘lishini nazorat qilish, kondan foydalanish davrida geologiya-qidiruv ishlari jarayonida olingan ma’lumotlarni aniqlashtirish va detallashtirish, konlarni o‘zlashtirishda yangi  texnologiyalarni yaratish va amaldagisini takomillashtirishda ishtirok etish kabi ishlarni qamrab oladi. Ochig‘ini aytadigan bo‘lsak, geologiya xizmati oldida deyarli har kuni zudlik bilan hal etilishi lozim bo‘lgan ishlab chiqarishga aloqador yangi masalalar paydo bo‘ladi.

Geologiya-geofizika xizmati konni o‘zlashtiruvchilarni kon geologiyasiga oid, undan texnik to‘g‘ri, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq tarzda foydalanish imkonini beradigan materiallar bilan ta’minlaydi. Geologlar kondan foydalanuvchilarga qazilma boyliklari qayerda, qancha miqdordaligi, uning maydonda qanday taqsimlanganligi, sifatini iloji boricha aniqroq ko‘rsatib berishi lozim. Bundan geologiya-geofizika xizmati mutaxassislari oldida naqadar murakkab va mas’uliyatli vazifalar turganligini yorqin tasavvur qilish mumkin. Amalda bu vazifalar loyiha uchun hujjatlarni tayyorlash, loyiha bajarilishini nazorat qilish, quduqlarning geologik hujjatlari, ularda geofizik tadqiqotlar o‘tkazish, ma’lumotlar asosida loyihaga tuzatishlar, qo‘shimchalar kiritish, ishlarning boshlang‘ich geologik natijalarini tezkor umumlashtirish va tahlil etish tartibida bajariladi. Kon ishlarini rivojlantirish yuzasidan kelgusi yil rejasi tuzilayotganda geologiya xizmati jamoasi rudali maydonlarni tavsiya etishi lozim. Bunda rudalarning joylashish chuqurligi, mahsuldorligi, jinsning korbonatliligi, kommunikatsiya yaqinligi, zarur metariallar va asbob-uskunalarning mavjudligi hisobga olinmog‘i darkor. Bu ishlarni talab darajasida va yetarli hisob-kitoblar asosida amalga oshirish kon ishlarini rivojlantirish rejasi uchun materiallarni tayyorlash muddatini qisqartirish va ularning sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.

Yerostida eritmaga o‘tkazishda quduqlar qolatini va sifatini aniqlashdan tortib, eritish jarayonini nazorat qilishgacha bo‘lgan vazifalarni bajarishga yo‘naltirilgan geofizik tadqiqotlar majmuasi qo‘llaniladi. Hozirgi kunda korxonada ma’nan eskirgan texnikalar o‘rniga signallarni kompyuterda raqamli yozadigan “Gektor” va “Kobra” tipidagi karotaj stansiyalari ishlatilayotganligi mehnat unumdorligi va quduqlarni geofizik tadqiq qilish darajasini oshirishga imkon yaratayapti. Kon boshqarmamizning mineral xomashyo bazasini kengaytirish va mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineralogiya resurslar davlat qo‘mitasi huzuridagi “Uranredmetgeologiya” davlat unitar korxonasi bilan hamkorlikda yangi istiqbolli maydonlarda tanlab eritmaga o‘tkazish texnologiyasini qo‘llanish bo‘yicha tajriba ishlari o‘tkazilmoqda.

Metall qazib olish yuzasidan belgilangan ishlab chiqarish vazi­falarini muvaffaqiyatli bajarish uchun geologlar, geofiziklar, geotex­nologlar, texnologlar, marksheyderlar, burg‘ilovchilarning katta jamoasi mehnat qilayapti. Ularning har biri bizning umumiy ishimizga beqiyos hissa qo‘shishayapti. Burg‘ilovchilar quduqlarni burg‘ilash bo‘yicha yangi texnologiyalarni ishlab chiqayotgan bo‘lsalar, geofiziklar quduqlarni geofizik tadqiq qilishda yangi asbob-uskunalarni joriy etayaptilar, geologlar esa geotexnologlar bilan konlarni tanlab eritmaga o‘tkazish usulida o‘zlashtirishni takomillashtirmoqdalar. Bu kasblar mutaxassislarining hamjihatlikdagi ishlari tufayli eng murakkab ishlab chiqarish masalalari ham qisqa fursatda muvaffaqiyatli hal etilayapti.

Kon boshqarmasi geologiya va geofizika xizmatlari xodimlarining amaliy faoliyatlari  haqida so‘z borarkan, 1, 2, 3, 4-geotexnologik konlar bosh geologlari Faxriddin Bazarov, G‘ulom Abdurahmonov, Aziz Abdurahmonov, Nuriddin Ro‘ziyev, kon boshqarmasi yetakchi geologi Tatyana Dyachkova, muhandis-geologlari Sulton Qalandarov, Yulduz Tursunova, 1-geotexnologik kon bosh geofizigi Andrey Bovkun, 2-geotexnologik kon bosh geofizigi Aktam Mirzayev, uchastka geofizigi Ilyos Haydarov, 3, 4-geotexnologik konlar bosh geofiziklari Zavqiddin Ne’matov, Xurshid Sayfullayev, kon boshqarmasi bosh geofizigi Kucherbay Kuanishbayev, kon boshqarmasi muhandis-geofizigi Jasur To‘raqulovlarning xizmatlarini ta’kidlashni istardim.

M.Bozoraliyev: – 5-kon boshqarmasi qazib chiqarish faoliyatini Shimoliy va Janubiy Bukinay, Aulbek, Ko‘hnur, Istiqlol, Shimoliy Konimex, Beshqoq, Loyliken, Sugrali, Ketmonchi, Yog‘du konlarida olib boradi. Korxonada uyumlangan rudalarni ochish va tayyorlashdan tortib, tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayonlar bajariladi. Tanlab eritmaga o‘tkazish konlarida qazib chiqarish va qayta ishlash majmualari mavjud bo‘lib, ularning dastlabkisida texnologik quduqlarni burg‘ilash va qurish, yerostidagi metallni tanlab eritmaga o‘tkazish, mahsuldor qorishmani yuqoriga olib chiqish va qayta ishlash majmuasiga jo‘natish, ikkinchisida mahsuldor qorishmalardan tayyor mahsulotni ajratib olishni ta’minlaydigan texnik vositalar va inshootlardan foydalanish ishlari amalga oshiriladi. Istiqbolli maydonlarni rivojlantirish va kengaytirish, lokal sorbsiya qurilmalarni o‘rganish va yangi loyihalarini yaratish bosh geotexnolog xizmatining asosiy vazifasidir. Uran qazib chiqarish hajmini, ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari samaradorligini oshirish, bo‘linmalarni zarur asbob-uskunalar va materiallar bilan ta’minlash, iqtisodiy tejamkorlikka erishish mutaxassislarimizning doimiy diqqat markazida bo‘layapti.

Yog‘du, Ko‘hnur, Moybuloq, Janubiy Sugrali, Shimoliy Konimex, Teriquduq konlarining yangi uran rudasi manbalarida oksidlagich reagentlarini tanlagan va “Provita” adsorbsion kislorod stansiyasi, “Buster” to‘liq siqadigan kompressori va “KP” o‘rta bosimli kompressor qurilmasi singari yangi asbob-uskunalarni qo‘llagan holda yerostida eritmaga o‘tkazishning samarali texnologiyasini belgilash yuzasidan tajriba va tajriba-sanoat ishlari olib borilmoqda.

Meruyert Utepova, Rustam Soliyev, Dilnoza G‘aniyeva, Zafar Amonov, Maqsud Toshov, Umir Husanov, Jadira Duysenbayeva, Feruza Raimova, Ramilya Uralova, Temur Saipov, O‘ktam Rajabov, Suzana Quvandiqova, Jamshid G‘iyosov, Alisher Ko‘ziyev, Alisher Qurbonov, Ziyo Safarov, Alisher Saipnazarov, Jonibek Xoliqov kabi tajribali, fidoyi, intellektual salohiyatli xodimlarimizning sa’y harakatlari, intilish va izlanishlari evaziga 5-kon boshqarmasi bosh geotexnologi xizmati va geologiya-geotexnologiya byurosi jamoalari zimmasidagi topshiriqlar sharaf bilan uddalanmoqda.

Nizomiddin SADRIDDINOV suhbatlashdi.

Viktor YAKOVLEV olgan suratlar. 

Mavzuga oid yangiliklar

QUTLUG‘ YO‘LDA YO‘LBOSHCHINGGA YELKADOSH BO‘L

13.09.2017 10:41 1505

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 1302

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 1264

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 997

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 953



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish