YANGI ISHLAB CHIQARISH OB’YEKTI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Batafsil: Yaratildi: 08.10.2018 16:00 Tahrirlandi: 08.10.2018 16:08 Ko'rishlar soni: 756

Yaqinda 5-kon boshqarmasi 4-geotexnologik konida Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 60 yilligi munosabati bilan noyob va noyob yer elementlarini ishlab chiqarish bo‘limi foydalanishga topshirildi. Ob’yektning ochilishi marosimida NKMK bosh direktori Q.Sanaqulov, kombinat va kon boshqarmasi rahbariyati hamda yangi bo‘limni barpo etishda fidoyilik ko‘rsatgan ishchi-xizmatchi va quruvchilar ishtirok etishdi.

рений

O‘zbekiston Respublikasi xalq xo‘jaligida tog‘-kon sanoati ulkan mineral-xomashyo bazasiga asoslangan yetakchi tarmoqlardan biridir. Bugungi kunda Navoiy kon-metallurgiya kombinati uran qazib olish va uran chala oksidini ishlab chiqarish bo‘yicha jahonda yettinchi o‘rinda turadi. Respublikamizning jahon uran bozoridagi yuqori mavqei va uranga bo‘lgan talabning o‘sishi mamlakatimizda uran qazib olish sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay omil hisoblanadi.          

рений2         

- 5-kon boshqarmasida ishlab chiqariladigan mahsulotning asosiy turiga kimyoviy uran konsentrati kiradi. Jahon bozoridagi uranning narxini inobatga olib, boshqarma muhandis-texnologlariga asosiy mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish vazifasi berilgan edi. Noyob va noyob yer elementlarini ishlab chiqarish bo‘limining foydalanishga topshirilishi va tayyor mahsulot – ammoniy perrenati (reniy) olishga kirishilganligi yuqorida ko‘rsatilgan vazifa uddalanayotganligining namunasidir. Ushbu ob’yektni barpo etishga kombinatning 9 milliard so‘mdan ko‘proq mablag‘i sarflandi. Yangi bo‘limda qo‘llanilgan texnologiya innovatsion loyiha bo‘lib, kon boshqarma mutaxassislari tomonidan ishlab chiqildi. Bo‘limda o‘rnatilgan asbob-uskunalarning 90 foizi mahalliylashtirish dasturi doirasida tayyorlandi. Kelajakda mazkur texnologiya yordamida bizda ittriy, terbiy, skandiy kabi noyob yer metallarining kimyoviy konsentratlarini ishlab chiqarish imkoni paydo bo‘ladi, - deydi 4-geotexnologik koni boshlig‘i Mashhur Qurbonov.

рений3

Kombinat va kon boshqarmasi mutaxassislari tomonidan mahsuldor eritmalarni qayta ishlash texnologiyasi yaxshilanmoqda. Quduqlarning yangi konstruksiyalari ishlab chiqarishga joriy qilinmoqda. Yer ostida ishqorlash texnologiyasini takomillashtirishning yangi usullari va moslamalarning aksariyati O‘zbekiston Respublikasining patentlari bilan himoyalangan.

- Yangi texnologiyalarning eng muhim afzalligi bu – sulfat kislotasi sarflanishining keskin kamayishi, konlarni o‘zlashtirish tezligining oshishi hamda yer ostida ishqorlash texnologiyasining atrof muhitga, asosan yer osti suvlariga bo‘lgan zararli ta’sirining tubdan kamayishidir. Mahsuldor eritmalar tahlili shuni ko‘rsatdiki, uranga qo‘shimcha ravishda reniy, ittriy, lantan, seriy, neodim, gadoliniy, disproziy va boshqa noyob metallar kabi qimmatbaho elementlar mavjud. Ularni eritmalardan ajratib olish va tayyor mahsulot olish yer osti boyliklariga nisbatan oqilona munosabatni ham bildiradi, - deydi NKMK Markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi boshlig‘ining o‘rinbosari Oleg Petuxov.

NKMK matbuot markazi. 

Mavzuga oid yangiliklar

QUTLUG‘ YO‘LDA YO‘LBOSHCHINGGA YELKADOSH BO‘L

13.09.2017 10:41 1505

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 1302

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 1264

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 997

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 953



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish