OZOD YURTGA – BAYRAMLAR YARASHADI

Batafsil: Yaratildi: 17.09.2018 21:22 Tahrirlandi: 17.09.2018 21:22 Ko'rishlar soni: 595

Xalqimiz eng ulug‘, eng aziz bayramimiz – O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yilligini mamlakatimizning barcha shahar va qishloqlari, ovul va qo‘rg‘onlarida yurtimizda kechayotgan olamshumul o‘zgarishlar, qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar, iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi turmush farovonligini ta’minlash yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar samaralaridan quvonish va shukronalik hissi bilan kutib oldi va ko‘tarinki ruhda nishonladi. An’anaga muvofiq qutlug‘ bayram arafasida ko‘plab ishlab chiqarish, madaniy-maishiy ob’yektlar foydalanishga topshirildi.

шахта

Navoiy kon-metallurgiya kombinati bo‘linmalarida ham yangi ob’yektlarning ishga tushirilishi bayramga alohida shukuh bag‘ishladi. Janubiy kon boshqarmasining Zarmitan sanoat maydonida mustaqillikning 27 yilligiga bag‘ishlangan shodiyonalar “G‘ujumsoy” konida yangi shaxtani foydalanishga topshirish tantanalaridan boshlandi. Marosimda Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori Q.Sanaqulov barchani qo‘shaloq sana munosabati bilan tabriklab, bu muhim sanoat ob’yekti qurilishida ishlarni yuksak uyushqoqliq bilan tashkil etgan va amalga oshirgan Rossiyalik hamkorlar, kombinat va Janubiy kon boshqarmasi mutaxassislari, Zarafshon qurilish boshqarmasi bunyodkorlariga fidokorona mehnatlari uchun minnatdorchilik izhor etdi. Shaxta qurilishi ZQB “Zarmitan” qurilish-montaj boshqarmasi tomonidan boshlanib, qurilishga 2015 yilda pudratchi tashkilot – Rossiyaning “Boshqiriston shaxta qurilish” aksionerlik jamiyati jalb etildi. Hamkorlarimiz ob’yekt qurilishi bilan bog‘liq ishlarni sifatli nihoyasiga yetkazishdi. Chuqurligi 500 metr, aylanasi 6 metr bo‘lgan shaxta rudani yuqoriga ko‘tarib chiqish va 2019 yilda “G‘ujumsoy” konini 550 ming tonna hajmdagi loyiha quvvati darajasiga chiqishi imkonini beradi. Iyul-avgust oylarida “G‘ujumsoy” koni jamoasining kuchi bilan qiya-transport yo‘lagida qurilish ishlari bajarilib, uchta sathda shaxta bilan tutashtirish amalga oshirildi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bu shaxta O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi yillarida qurilgan va foydalaniga topshirilgan shu xildagi birinchi inshootdir.

шахта2

Tadbir ishtirokchilarini Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov, “Boshqiriston shaxta qurilish” aksionerlik jamiyati direktorlar Kengashi raisi V.Kolyada ham qutladi. Tantanali yig‘ilishda “Zarmitan” va “G‘ujumsoy” konlari direktorlariga Prezident sovg‘asi – “Damas” tez yordam avtomashinasining kalitlari, shaxtani bunyod etishda munosib hissa qo‘shgan mutaxassislar va ilg‘or quruvchilarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

шахта3

Istiqlol bayrami shodiyonalari 4-gidrometallurgiya zavodi, “Zarmitan” va “G‘ujumsoy” konlari, 10-avtokorxona, Issiqlik, suv ta’minoti va oqava sexi, Elektr tarmoqlari va nimstansiya sexi, Uy-joy kommunal xo‘jaligi korxonalari jamoalari vakillari hamda qo‘rg‘on aholisi ishtirokida Yoshlar markazi o‘yingohida davom etdi. NKMK bosh direktori Q.Sanaqulovning Janubiy kon boshqarmasi Zarmitan sanoat maydoni bo‘linmalari ishchi-xizmatchilari, muhandis-texnik xodimlari, barcha zarkentliklarga tabrik so‘zida aytilganidek, kombinatning ahil jamoasi istiqlolning 27 yilligiga munosib mehnat sovg‘alari tayyorladi. Korxonada oltin va uran ishlab chiqarish bo‘yicha joriy yilning yetti oylik topshirig‘i sharaf bilan bajarildi. Qator ob’yektlar foydalanishga topshirildi va topshirilmoqda. Ayni paytda kombinatning Uchquduq, Zarafshon, Nurobod, Navoiy, Marjonbuloq shaharlaridagi 653 ta uy-joy binolarini to‘la ta’mirlash yuzasidan 50 milliard so‘mdan ko‘proq mablag‘ sarflanishi ko‘zda tutilgan maqsadli dastur amalga oshirilayapti.

Zarmitan sanoat maydonida joylashgan 4-gidrometallurgiya zavodida rudani qayta ishlash va mahsulot ishlab chiqarish, “Zarmitan”, “G‘ujumsoy” konlarida ruda qazib olish, lahm o‘tish va kapital-qurilish ishlari yetti oylik rejalari oshirib uddalandi. Mehnatkashlarning ijtimoiy muammolarini hal qilish, qo‘rg‘onni obodonlashtirish borasidagi ishlar ham diqqatga sazovordir. Yil boshidan buyon 14-Harbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi qismining zamonaviy jihozlantirilgan yangi binosi foydalanishga topshirildi. Qo‘rg‘ondagi 20 ta ko‘p qavatli uylar, sanoat maydoni hududida faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘linmalar ma’muriy binolari to‘la ta’mirlandi. Yil oxirigacha 44 xonadondan iborat 4 qavatli uy-joy binosini foydalanishga topshirish mo‘ljallanmoqda. 14 ta yosh oilaga uy-joy sharoitlarini yaxshilash uchun ssuda ajratildi.

Bayram tantanalarida ishda hamkasblariga o‘rnak bo‘layotgan ishchi-xizmatchilar, muhandis-texnik xodimlari kombinat ma’muriyati va kasaba uyushmalari Kengashi tomonidan mukofotlandilar. “G‘ujumsoy” koni lahm o‘tuvchisi Hasan Saidazimov II darajali, “Zarmitan” koni 1-yerosti kon qazib olish uchastkasi boshlig‘i Ahmad Jumanov, mazkur kon lahm o‘tuvchisi Olim Qarshiyev, 10-avtokorxona haydovchisi Xurshid Nahalov, 4-gidrometallurgiya zavodi bosh mexanigi Asilbek Jumanovlar III darajali “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni, 4-gidrometallurgiya zavodi bo‘linma boshlig‘i Shovqidin Ruxsatov Navoiy kon-metallurgiya kombinatining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandilar.

Hayajonli tadbir ishtirokchilarining yuz-ko‘zlarida zamonadan shodumonlik, quvonch namoyon edi. Janubiy kon boshqarmasining “Konchi” va “Nurobod” madaniyat uylari, 5-kon boshqarmasining “Yoshlik” madaniyat va sport markazi, Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyi badiiy jamoalari hamda 4-gidrometallurgiya zavodi qo‘riqlash xizmati yoshlarining chiqishlari ularga bayramona yaxshi kayfiyat hadya etdi. O‘yingohni to‘ldirib o‘tirgan turli yoshdagi tomoshabinlar dilrabo kuy-qo‘shiqlardan zavq-shavqqa to‘lib, raqsga tushdilar. Bayram kechgacha shodu xurramlik bilan davom etdi.

Nizomiddin SADRIDDINOV.

Viktor Yakovlev olgan suratlar.

Mavzuga oid yangiliklar

QUTLUG‘ YO‘LDA YO‘LBOSHCHINGGA YELKADOSH BO‘L

13.09.2017 10:41 1505

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 1301

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 1263

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 997

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 953



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish