Batafsil: | Yaratildi: 14.11.2017 09:35 | Tahrirlandi: 17.04.2018 16:26 | Ko'rishlar soni: 3407 |
Kombinatning eng yirik, ko‘p tarmoqli bo‘linmalaridan biri bo‘lgan Markaziy kon boshqarmasida mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi tobora oshib, rejalar ortig‘i bilan bajarilmoqda. Bunda, shubhasiz, avtotransport xodimlarining munosib hissasi bo‘layapti.
Konchilik sohasida texnologik transport vositalarining o‘rni beqiyos. Buni Avtomobil transporti boshqarmasi misolida ham yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Tashkil topganiga yarim asr bo‘lgan avtokorxona jamoasi asosan «Muruntov», «Toshqo‘ra», «Oltinni uyumda ishqorlash sexi» va «Auminzo-Amantoy» konlaridan qazib chiqarilayotgan ruda va tog‘ jinslarini tegishli manzillarga tashib berish bilan shug‘ullanadi.
Boshqarmada texnologik transport vositalarini birlashtirgan 9 ta avtokolonna, xorijda va respublikamizda ishlab chiqarilgan zamonaviy texnikalarning hamisha shay holda bo‘lishini ta’minlash uchun markaziy ta’mirlash ustaxonasi faoliyat ko‘rsatayapti. Kombinat va kon boshqarmasi rahbariyatining bevosita ko‘magida Avtotransport boshqarmasining texnika parki yildan-yilga eng zamonaviy transport vositalari bilan kengayib borayapti. Bugungi kunda boshqarmada 136 tonnadan 220 tonnagacha yuk ko‘tarish quvvatiga ega bo‘lgan 108 ta «BelAZ», «Katerpillar» avtoag‘dargichlari, 23 ta buldozer, 70 ta frontal yuklagichlar unum bilan ishlatilayapti.
Joriy yilning o‘tgan davrida 6 ta 136 tonna yuk ko‘tarish quvvatiga ega «BelAZ» avtoag‘dargichlar keltirildi. Texnik qayta jihozlantirishga e’tibor berilib, etarli mablag‘ ajratilayotganligi evaziga korxonada ishlab chiqarish sur’ati jadal o‘sib borayapti. Boshqarma bosh muhandisi Ruslan Tursunovning ta’kidlashicha, yil yakuniga qadar shunday 136 tonna yuk ko‘tarish quvvatiga ega 8 ta hamda ilk bor 240 tonna yuk ko‘tarish quvvatiga ega 15 ta «BelAZ» avtoag‘dargichlar keltirilishi ko‘zda tutilayapti. Ayniqsa, og‘ir yuk tashishga mo‘ljallangan kon avtoag‘dargichlari foydalanish ko‘rsatkichlarining yaxshilanayotganligini alohida ta’kidlash o‘rinlidir. Avtokorxonaga keltirilayotgan yirik avtotransport vositalarini qisqa muddatda yig‘ib, foydalanishga topshirish mutaxassislardan katta mahorat talab etadi. Ishlab chiqarishga tayyorlash uchastkasining 76 kishilik mehnat jamoasi 5 yoki 6 ish kunida bunday murakkab vazifaning uddasidan chiqmoqda.
– Muhandis-texnik xodimlarimiz jonkuyarligi, o‘z ishiga bo‘lgan sadoqati tufayli barcha ishlab chiqarish jarayonlari muddatida bajarilayapti. Shuningdek, konlarda ishlayotgan texnika vositalarida sodir bo‘lgan kichik nosozliklar bevosita o‘sha joyda ta’mirlanishi yonilg‘ini tejash va ish vaqtidan samarali foydalanish imkonini bermoqda, - deydi uchastka boshlig‘i Anvar Mavlonov.
Avtokorxona jamoasidagi ahillik, hamjihatlik, eng muhimi, yagona maqsad sari intilish istagi shubhasiz, yuksak marralarni egallashda mustahkam poydevor bo‘lib qolaveradi.
Azamat ZARIPOV.
Viktor YAKOVLEV olgan surat.
Navoiy kon-metallurgiya kombinati olimlari va mutaxassislarining konchilik sohasidagi bilim va malakasi, ulkan salohiyati xalqaro miqyosda e’tirof etilib, ularning…
15.09.2017 06:16 | 4181 |
Eng ulug‘, eng aziz bayram – O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 26 yilligi arafasida Navoiy kon-metallurgiya kombinati bo‘linmalarida ikkita…
27.09.2017 08:44 | 3567 |
“Navoiy mashinasozlik zavodi” ishlab chiqarish birlashmasida 19 avgustdan 9 sentyabrgacha ishchi-xodimlarning kasbiy mahoratini aniqlash bo‘yicha “Eng yaxshi yosh ishchi”…
02.10.2017 09:37 | 4556 |
Navoiy kon-metallurgiya kombinatida modernizatsiya tizimi ko‘p yillardan buyon aniq va puxta tashkil qilingan. Mavjud asbob-uskunalarni modernizatsiya qilish va texnologik jarayonga yangi…
13.11.2017 13:28 | 2860 |
Kombinatning eng yirik, ko‘p tarmoqli bo‘linmalaridan biri bo‘lgan Markaziy kon boshqarmasida mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi tobora…
14.11.2017 09:35 | 3408 |
Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…
Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…