BUNYODKORLAR MEHNATI – JASORATGA QIYOS QILGULIK

Batafsil: Yaratildi: 17.08.2018 21:37 Tahrirlandi: 17.08.2018 21:38 Ko'rishlar soni: 653

Navoiy kon-metallurgiya kombinatining shonli 60 yillik sanasi tobora yaqinlashmoqda. Kombinatning tarixan qisqa davrda dunyoning konchilik va metallurgiya sohasidagi yetakchi korxonalari qatoridan o‘rin olganligi, asriy Qizilqum sahrosida zamonaviy shaharlar, yirik ishlab chiqarish va ijtimoiy ob’yektlar barpo etilishida quruvchilarning alohida o‘rni bor. Bir so‘z bilan aytganda, bunyodkorlar mehnatini chinakam jasoratga qiyoslasa bo‘ladi.

строители

Zarafshon qurilish boshqar­masining “Navoiy” qurilish-montaj boshqarmasi jamoasi sha’niga ham shunday iliq so‘zlarni aytsa arziydi. Darvoqe, boshqarma mustahkam moddiy-texnik bazasi va malakali mutaxassislariga ega peshqadam bo‘linmalardan hisoblanadi. Ahil jamoa asosan kombinatning Navoiy sanoat maydoni, Janubiy va 5-kon boshqarmalari ob’yektlarida qurilish va rekonstruksiya ishlarini amalga oshiradi. So‘nggi yillarda boshqarma ishchi-xizmatchilari, muhandis-texnik xodimlarining yaratuvchanlik mehnati bilan qad rostlagan zamonaviy ishlab chiqarish, turar joy, madaniy-maishiy binolar ularning qurilish sohasida boy tajribaga ega ekanligini yorqin namoyish etmoqda. Vatanimiz poytaxti Toshkent shahridagi Biznes markazi, Navoiy xalqaro aeroporti, “Zarafshon” pansionati, Nurota tumanidagi maktab-internat, “Metallurg” profilaktoriysining davolash korpusi, Nurobod shahridagi pulmonologiya kasalxonasi bazasida bunyod etilgan suv bilan davolash profilaktoriysi, Navoiy davlat konchilik institutining ikki ming nafar talabaga mo‘ljallangan binosi kabi ijtimoiy ahamiyatga molik ob’yektlarni hech shubhasiz, shular sirasiga kiritish mumkin. Tarixiy sanalar, qutlug‘ bayramlar nishonlanadigan kunlarda ob’yektlarni qurib bitkazib, foydalanishga topshirish jamoa uchun an’anaga aylanayapti. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 26 yilligi arafasida Zafarobod qo‘rg‘onida “Yangi hayot” sog‘lomlashtirish majmuasi, Navoiy shahrida qayta rekonstruksiya qilingan “So‘g‘diyona” o‘yingohi va o‘yingoh yonidagi mini-futbol maydoni foydalanishga topshirilganligi fikrimizning isbotidir. Shuningdek, “Farhod” madaniyat saroyi kutubxonasining filiali to‘liq ta’mirlandi, “To‘dako‘l” dam olish zonasida qozonxona binosi sport zali sifatida qayta rekonstruksiya qilindi.

строители2

Boshqarmada mexanika, yog‘ochga ishlov berish, bo‘yoq tayyorlash, beton qorishmalar, temir beton buyumlari, mexanizatsiya va avtotransport uchastkalari faoliyat ko‘rsatayotganligi ish unumdorligini oshirishdan tashqari iqtisodiy samaradorlikka ham erishish imkonini bermoqda. Davr talabidan kelib chiqib, alyuminiy profildan eshik, deraza, to‘siqlar yasash o‘zlashtirilganligiga hali ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q.

строители3

Jamoa joriy yilda har qachongidan unumliroq mehnat qilib, kasb bayrami – Quruvchilar kunini munosib mehnat sovg‘alari bilan kutib olmoqda. Korxonada qurilish-montaj ishlari yetti oylik rejasi sharaf bilan bajarildi. Yordamchi ishlab chiqarishda tayyor mahsulot chiqarish rejasi 111 foizga uddalandi. Ayni paytda boshqarma mehnat ahli qator ob’yektlarda yuksak unum bilan ishlayapti. Jizzax viloyatining Zomin tumanida barpo etilayotgan sanatoriy qurilishida pardozlash, asbob-uskunalarni o‘rnatish, davolash maskani hududini ko‘kalamzorlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Bu muhim ob’yekt qurilishi Navoiy kon-metallurgiya kombinati rahbariyatining doimiy diqqat markazida bo‘layapti. Quruvchilar sanatoriyni belgilangan muddatda qurib bitkazish uchun bor imkoniyatlarini safarbar etishayotir. O‘zbekiston Res­publikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi ilmiy maslahatchilari uchun uy-joy qurilishi, Malikrabot qo‘rg‘oni va “Do‘stlik” agrofirmasi issiqlik ta’minoti tizimini lokal issiqlik manbaiga almashtirish bilan rekonstruksiya qilish ob’yektlarida ish sur’ati oshirilmoqda. Bunyodkorlar Nurobod shahridagi maktabgacha tarbiya muassasasi, 5-kon boshqarmasidagi 400 o‘rinli yotoqxona, Navoiy shahridagi O‘quv markazini to‘liq va joriy ta’mirlash, Birlashgan energoxizmat va Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi ob’yektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlarini yuksak uyushqoqlik bilan olib bormoqdalar. Rejada belgilangan ishlarni tez va sifatli bajarishda qurilish-montaj boshqarmasi tasarrufidagi texnika va kichik mexanizatsiya vositalaridan unumli foydalanilmoqda. Ishda yaxshi natijalarga erishishda uchastka boshliqlari Shuhrat Iskanov, Sherzod Hasanov, Azamat Rahimov, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi bo‘yicha muhandis Farhod Shodiyev, muhandis-geodezist Jo‘shqin Norqulov, yog‘ochga ishlov berish stanokchilari Mo‘yidin Esanov, Ferat Istablayev, elektrgaz payvandchi Burxon Amonov, suvoqchilar Sherali Nurillayev, Ismat Chinmirzayev, bo‘yoqchilar Dinara Aytmuradova, Raisa Latipova, duradgor O‘ktam Shodiev, pardozlovchi-plitachi Sevdiyor Jalolov, betonchilar Faxriddin Abdullayev, To‘lqin Negboyev, kran mashinisti Sobir Esanqulov, haydovchi Shahzod Taniqulov, traktorchi Valeriy Tiliyayevlarning xizmatlari tahsinga loyiqdir.

Nizomiddin SADRIDDINOV.

Viktor YAKOVLEV olgan suratlar.

Mavzuga oid yangiliklar

QUTLUG‘ YO‘LDA YO‘LBOSHCHINGGA YELKADOSH BO‘L

13.09.2017 10:41 1505

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 1301

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 1263

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 997

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 953



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish