Kamchiliklar bartaraf etilmoqda

Batafsil: Yaratildi: 25.01.2023 10:29 Tahrirlandi: 25.01.2023 10:29 Ko'rishlar soni: 580

Navoiy kon-metalurgiya kombinati obyektlarini yong‘in xavfsizligini taʼminlashni tashkil etish markazining Janubiy kon boshqarmasi va Navoiy sanoat maydoni bo‘limi xodimlari tomonidan Navoiy mashinasizlik zavodida amalga oshirilayotgan yangi qurilishlar va texnik qayta jihozlash jarayonlarida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi ustidan qatʼiy nazorat o‘rnatilgan.

00000000000001111

Zavodning temir eritish sexida yangi o‘rnatilayotgan, 25 tonna hajmdagi metal eritish pechi va taʼmirlash-mexanika sexida qurilib, jihozlantirilgan katta hajmdagi detallarni yo‘nish dastgohlarini qabul qilish ishchi komissiyasi ish olib bormoqda. Ana shu jarayonda mazkur obyektlarda yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilish nazorat tartibida tekshirilib, qurilish-pudratchi tashkilotlar tomonidan qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi maʼlum bo‘ldi. Ishchi komissiya tomonidan qabul qilish jarayonida dastgohlarning o‘rnatilishi va binoning yong‘in xavfsizligi holati bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishda amaliy yordam ko‘rsatildi.

Asosiy eʼtibor bino va inshootlarni avtomatik yong‘in o‘chirish va yong‘indan xabarlash moslamalari bilan jihozlash, ichki yong‘in o‘chirish jo‘mraklari o‘rnatilishi, dastgohlarning yuqori bosimli moy haydash quvurlari va moy haydash nasoslari, 100 tonnaga mo‘ljallangan yuk ko‘tarish krani, sexni isitishga mo‘ljallangan “Adryam” rusumli gaz bilan isitish, shuningdek gaz taqsimlash qurilmalarining ahvoli va loyihalardagi yong‘inning oldini olish tadbirlarining barchasi bajarilishini taʼminlashga qaratilmoqda.

Eldor QALANDAROV,

Xurshid ERGASHEV,

JKB va NSM OYOXTTE bo‘limi inspektorlari.

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 21090

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 20050

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 5111

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 5011

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 4126



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish