O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 30 yil to‘ldi

Batafsil: Yaratildi: 02.12.2022 10:54 Tahrirlandi: 02.12.2022 10:54 Ko'rishlar soni: 477

Konstitutsiyamiz umuminsoniy g‘oyalar - tenglik, erkinlik, birodarlik, xalqlar va millatlararo do‘stlik, mamlakat va dunyo barqarorligi kabi eng ulug‘ O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mamlakatimizda zamonaviy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishning qonuniy asosi, diyorimizdagi tinchlik va osoyishtalik, fuqarolar va millatlararo hamjihatlik muhitini mustahkamlash, yurtimizning rivojlangan davlatlar qatoriga kirishi, xalqimiz farovonligini yana-da oshirishning huquqiy kafolati bo‘lib kelmoqda.

0000000000

Odatda ko‘p davlatlar Konstitutsiyasi nufuzli ekspertlar, deputatlar tomonidan ishlab chiqilib, so‘ngra parlamentda qabul qilinadi. Bunday hujjatlar mutaxassis nuqtai nazaridan yuqori baholarga sazovor bo‘lsa-da, und xalqchillik, xalq ruhiyati yetishmaydi.

O‘zbekiston Konstitutsiyasining o‘ziga xosligi shundaki, u ikki marotaba xalq muhokamasida yurtdoshlarimiz xohish-irodasi bilan boyitildi. Umumxalq muhokamasi davomida Konstitutsiya loyihasi yuzasidan jami 6 mingdan ortiq taklif va mulohaza bildirilgan.

Maʼlumki, davlat va jamiyat hayotida baʼzi bir narsalar bo‘ladiki, u Vatanimiz kabi yagonadir: bayrog‘imiz, gerbimiz, madhiyamiz bitta, shu qatori Konstitutsiyamiz ham yagonadir. Bularning har biri o‘z timsolida ona Vatanimiz, xalqimizning ezgu-maqsadlarini o‘zida aks ettiradi. Shu maʼnoda Konstitutsiyamiz har bir fuqaro uchun bayrog‘imiz, gerbimiz, madhiyamiz kabi muqaddasdir.

Bosh qomusimiz qabul qilinishidan maqsad va vazifalarga eʼtibor beradigan bo‘lsak, muqaddimasida mamlakatimiz fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini taʼminlashga intilish, demokratik huquqiy davlat barpo etish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini taʼminlash maqsadida Konstitutsiya qabul qilinganligi qayd etilgan. Yaʼni Konstitutsiyamizning asosiy mohiyati insonga munosib hayot sharoitlari yaratish, uni baxtli qilishdan iborat.

Yana muhim hamda xalqaro ekspertlar tomonidan eʼtirof etiladigan xususiyat – bu Konstitutsiyaning “O‘zbekiston xalqi” deb boshlanishidir. Bunday jumlalarni boshqa biron bir qonunda uchratmaymiz. Buning o‘zi ham xalq hokimiyatchiligining yorqin dalolati.

Konstitutsiyamizning yana bir eng muhim xususiyati – bu xalq suvereniteti eʼtirof etilganligidadir. Asosiy qonunimizning 7-moddasida asosan xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbai ekani muhrlangan. Asosiy qonunimizda “demokratiya” va “demokratik” so‘zlari 7 marta, “xalq” so‘zi 24 marta qo‘llangan.

G‘arb olimlari dunyo konstitutsiyalari tahlili natijasida 70 ta asosiy mavzuning qamrab olinishi bo‘yicha 190 davlat konstitutsiyasi va konstitutsiyaviy ahamiyatdagi boshqa hujjatlarni o‘rganganda davlatimiz Asosiy qonuni 0,59 natijani ko‘rsatib, nisbatan ko‘proq mavzularni qamrab olgani ayon bo‘ldi. Bu jihatdan Avstriya Konstitutsiyasi 0,57, AQSH Konstitutsiyasi 0,49, Buyuk Britaniyaning konstitusiyaviy ahamiyatdagi hujjatlari 0,43 natijani ko‘rsatgan.

Konstitutsiyamizda inson manfaatlari ustun qo‘yilgan. Asosiy qonunimizni sinchiklab o‘rgangan har bir shaxs uning butun mazmun-mohiyati insonga xizmat qilishga yo‘g‘rilganligining bevosita guvohi bo‘ladi. Konstitutsiyamizning biron bir joyida “davlatning huquqi” yoki “fuqarolar davlat hoxish-irodasini bajarishi shart” qabilidagi qoidalar uchramaydi. Aksincha, asosiy qonunimizda “Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida masʼuldirlar”, “Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini taʼminlaydi” kabi davlatning majburiyatlarini uchratamiz.

Konstitutsiyamiz o‘zining insonparvarligi bilan ham ajralib turadi. Unga ko‘ra voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg‘iz keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir. Davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o‘qitishni taʼminlaydi, bolalarga bag‘ishlangan xayriya faoliyatlarni rag‘batlantiradi.

Konstitutsiyamizning yana bir muhim jihati, bu uning barqarorligidadir. Qayd etish joizki, o‘tgan 30 yil mobaynida Konstitutsiyamizning asosiy prinsiplari, inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari, jamiyat va shaxs munosabatlari, maʼmuriy-hududiy va davlat tuzilishiga oid normalari o‘zgarmadi. O‘tgan davr mobaynida unga 10 ta o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilgan bo‘lsa-da, bularning deyarli barchasi davlat hokimiyatini tashkil etish bo‘limiga kiritilgan tuzatishlar bo‘lib, u ham bo‘lsa mamlakatimizda konstitutsiyaviy prinsip bo‘lgan xalq hokimiyatchiligini kuchaytirish, davlat hokimiyatini tashkil etish va faoliyat ko‘rsatishida fuqarolarning bevosita va bilvosita taʼsirini oshirish, parlamentning davlat ichki va tashqi siyosatidagi rolini kengaytirish, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishda konstitutsiyaviy va odil sudlovning o‘rnini yana-da mustahkamlashga oid tuzatishlardir.

Qadimgi Rim yuristlarining fikricha, qonun qisqa, lo‘nda bo‘lishi lozim. Dunyoda eng ko‘p so‘z ishlatilgan Konstitutsiya Hindiston asosiy qonuni bo‘lib, mutaxassislar fikriga ko‘ra unda 146 ming 385 so‘z ishlatilgan. AQSH Konstitutsiyasida 7 ming 762, Fransiya Konstitutsiyasida 10 ming 180 so‘z ishlatilgan. O‘zbekiston Konstitusiyasida esa 7 ming 550 so‘z qo‘llanilgan.

Qayd etish joizki, dunyodagi eng rivojlangan davlatlar Konstitutsiyalari bilan raqobatlashadigan Konstitutsiyani ishlab chiqish va qabul qilish masalaning bir jihati. Masalaning boshqa bir muhim tomoni, qabul qilingan hujjatni hayotimizga samarali tatbiq etishda namoyon bo‘ladi. Bu Konstitutsiyada ko‘zlagan maqsadlarimizning eng muhim shartidir.

Qadimdan huquqshunoslikda “huquq, qonun hushyor, ogoh, g‘ayratli odamlar uchun yoziladi, g‘aflatda qolganlar uchun emas. Kim huquqlaridan foydalanmasa, ko‘rgan zarari uchun o‘zi aybdor” degan qarashlar mavjud.

Shunday ekan, Konstitutsiyamiz va qonunlarimizda kafolatlangan huquqlardan har birimiz o‘z o‘rnida foydalana olsak, hamisha, har yerda huquqlarimiz taʼminlanishiga erishamiz.

Sh.G‘AFFOROV,

Navoiy ixtisoslashtirilgan prokurori.

Mavzuga oid yangiliklar

SOVRINDORLARGA MEDALLAR TOPSHIRILDI

15.09.2017 06:16 4053

YANGI OB'YEKTLAR ISHGA TUSHDI

27.09.2017 08:44 3452

ZAVODDA AN’ANALAR QADRLANADI

02.10.2017 09:37 4435

HAR BIR MUHANDIS VA ISHCHI – IXTIROCHI

13.11.2017 13:28 2768

YANGI AVTOTRANSPORT VOSITALARI — YANGI IMKONIYATLAR KAFOLATI

14.11.2017 09:35 3316



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish