Batafsil: | Yaratildi: 30.11.2022 15:35 | Tahrirlandi: 30.11.2022 15:35 | Ko'rishlar soni: 509 |
“NKMK”AJ Markaziy kon boshqarmasida tarix, bugun va kelajakni o‘zida jam etgan “Uch avlod uchrashuvi” maʼnaviy-maʼrifiy tadbirini o‘tkazish anʼanaga aylangan. MKB O‘quv markazida O‘zbekiston Respublikasi Konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari Kengashi bilan hamkorlikda tashkil etilgan navbatdagi tadbir ham ko‘p yillar mobaynida ishlab chiqarish sohasida xizmat qilgan faxriy ustozlar bilan ishchi-xodimlar va yoshlarni shukuhli muhitda birlashtirdi.
Muloqot davomida ishtirokchilar so‘zga chiqib ushbu tadbirning mohiyati va tarbiyaviy ahamiyati haqida to‘xtaldilar. Shuningdek, yoshi ulug‘ nuroniylar hayoti va mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribasi, yoshlik davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar, nihoyat nuroniylik paytida ko‘rsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida o‘z dil so‘zlarini, samimiy fikrlarini bildirdi, hayotiy tajribalaridan kelib chiqib yoshlarga taklif va tavsiyalar berishdi.
Uchrashuvda mehmonlar bugungi kunda faxriylarga ko‘rsatilayotgan eʼtibor, davlatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, millatlararo totuvlik va hamjihatlik, ustoz-shogird maktabining ahamiyati xususida so‘zlab, erishilayotgan bu yutuqlar ko‘plab fidoyi insonlarning mashaqqatli mehnati samarasi ekanligini taʼkidlashdi.
- Bu kabi uchrashuvlarni uyushtirib turilishi yoshlarga keksa avlod vakillarining ibratli so‘zlari jonli maktab vazifazini o‘tashi va ular erishgan yutuqlar, amalga oshirayotgan ishlar haqida maʼlumotlarga ega bo‘lishi bilan ahamiyatlidir, - deydi 2-gidrometallurgiya xodimi Muhammad Qahramonov. - Hozirgi kunda biz yoshlarga imkoniyat va imtiyozlar eshigi keng ochilmoqda. Ana shu imkoniyatlardan to‘g‘ri va oqilona foydalanish, har bir qilayotgan ishimizda yurt ravnaqi uchun hissa qo‘shish, bu yo‘lda yoshi ulug‘ insonlarning xayrli va namunali hayot yo‘lini o‘zimizga dasturilamal qilib olish, ularning tajribalaridan ezgu maqsad yo‘lida foydalanish bizga chinakam mahorat maktabi vazifasini o‘tashi shubhasiz.
Dildora KARIMOVA,
Markaziy kon boshqarmasi
Axborot xizmati muxbiri.
Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…
28.09.2017 08:36 | 19227 |
Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…
28.09.2017 08:41 | 18174 |
Joriy yilning 8 sentyabr kuni “Farhod” madaniyat saroyida viloyatimizdagi shahar va shahar tashqarisidagi bolalar oromgohlarida yozgi sog‘lomlashtirish…
28.09.2017 09:52 | 4939 |
“Navoiy mashinasozlik zavodi” ishlab chiqarish birlashmasi ko‘p yillik boy tarixga ega. Uning bo‘linmalarida mashinasozlik sohasining turli yo‘nalishlari bo‘yicha…
02.10.2017 09:32 | 4841 |
O‘qituvchilar va ustozlar bayrami arafasida nafaqat ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan insonlarga, balki qaysi sohada bo‘lmasin o‘z bilim va tajribasini yoshlarga sidqidildan…
02.10.2017 09:34 | 3969 |
Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…
Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…