Piyoda yoki velosipeddan foydalanishni tavsiya etamiz

Batafsil: Yaratildi: 22.09.2022 15:42 Tahrirlandi: 22.09.2022 15:42 Ko'rishlar soni: 833

00000000220920221

Bugun yer yuzida xalqaro avtomobilsiz kun sifatida belgilangan. Har yili shu kuni dunyoda avtomobil va mototsikl haydovchilari kun davomida transport vositalaridan foydalanmay, ishga, o‘qishga piyoda yoki  velosipedda borish, jamoat transportlaridan foydalanishga amal qiladi.

Bu anaʼnaga Navoiy kon-metallurgiya kombinatida ham amal qilinib kelayapti. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 2021-yildan boshlab har yili 22-sentyabr respublika bo‘yicha “Avtomobilsiz kun” sifatida eʼlon qilingan.  Yaʼni, shu kuni shaxsiy va xizmat avtomobilda harakatlanishdan ixtiyoriy ravishda voz kechish tavsiya etilgan.

Chunki piyoda yurish yoki velosipeddan foydalanish, avvalo, salomatligimiz garovi bo‘lsa, qolaversa, bu bilan avtomobildan chiqadigan gaz miqdorini kamaytirish, ekologiya musaffoligi va atrof-muhit ifloslanishi oldini olishga hissa qo‘shgan bo‘lamiz.

Shunday ekan, bu tashabbusga qo‘shilib, har birimiz shaxsiy namuna ko‘rsataylik, aziz hamkasblar!

“NKMK” AJ

Avtomobil transporti bo‘limi.

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 17662

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 16573

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 4801

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 4701

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 3842



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish