Asriy cho‘l bag‘rida oltin tarkibli maʼdanlarni qazib olish va qayta ishlash majmuasi bunyod etilayapti

Batafsil: Yaratildi: 04.08.2022 15:42 Tahrirlandi: 04.08.2022 15:42 Ko'rishlar soni: 1734

Navoiy kon-metallurgiya kombinati ahil jamoasi asriy Qizilqum bag‘rida yashirinib yotgan boyliklarni jadal surʼatlarda o‘zlashtirib, ishlab chiqarish ko‘lamini muttasil oshirib boryaptiki, ulkan korxonada har yili mamlakatimizning iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladigan yangi, muhim obyektlarning foydalanishga topshirilishiga odatlanib qoldik.

00000000040820223

Qaysidir bo‘linmada sex yoki uchastka emas, yirik kon, maʼdanni qayta ishlash majmualarining ishga tushirilishi haqida gap borayotganligini aytadigan bo‘lsak, masalaning mohiyati yanada oydinlashadi. 2-gidrometallurgiya zavodi, “Auminzo-Amantoy” koni quvvatlarini kengaytirish, 5-va 7-gidrometallurgiya zavodlari, “Zarmitan” konida shaxtaning foydalanishga topshirilishi – bu kombinat ishchi-xizmatchilari, muhandis-texnik xodimlarining so‘nggi yillardagi jasoratli mehnatining natijasidir.

00000000040820224

Kombinatda yangi korxonalarni qurish va ishga tushirishdek anʼana davom etmoqda. Navoiy kon-metallurgiya kombinatining jahonning yetakchi oltin ishlab chiqaruvchi kompaniyalar orasida mavqei oshib borayotganligining asosiy omillaridan biri ham shunda bo‘lsa ajabmas. “Pistali” konida oltin tarkibli maʼdanlarni qazib olish va qayta ishlash majmuasi qurilishi, hech shubhasiz, iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga molik obyektdir. Loyiha qiymati 274,67 mln dollar bo‘lgan mazkur majmuaning foydalanishga topshirilishi yiliga 4 mln tonna oltin tarkibli maʼdanni qazib olish va qayta ishlash imkonini beradi. Eng muhimi, Nurota tumanining “Qizilcha” qishlog‘iga tutash hududda zamonaviy zavod barpo etiladi hamda 2 100 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

00000000040820225

Ayni paytda mazkur hudud ulkan qurilish maydonini eslatadi. Bu yerda qurilish-montaj ishlarini bajarayotgan Zarafshon qurilish boshqarmasining “Sanoatelektrmontaj” tresti, “Navoiy”, “Zarafshon”, “Zarmitan” qurilish-montaj boshqarmalari ishchi-xizmatchilari, muhandis-texnik xodimlarining mehnatlarini to‘la maʼnoda jasoratga qiyoslash mumkin. Yaqinda majmua qurilishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, shunga amin bo‘ldik. Saraton quyoshi butun atrofga go‘yo olov purkayotgandek. Majmua bunyodkorlari esa ish surʼatini aslo susaytirmayaptilar. Qurilish-montaj ishlari tasdiqlangan tarmoq jadvaliga muvofiq qizg‘in olib borilmoqda. Obyekt qurilishi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati rahbariyatining doimiy eʼtiborida. Hozirgacha majmuani bunyod etish uchun 27,5 mln dollarlik mablag‘lar o‘zlashtirildi, jumladan, qiymati 18,6 mln dollarlik texnologik asbob-uskunalar va konchilik texnikalari yetkazib berildi. Yangi korxonada zamonaviy energotejamkor uskuna va jihozlar, ishlab chiqarish jarayonlari va boshqaruvning avtomatlashgan tizimi qo‘llanilmoqda.

00000000040820226

Majmua qurilishi boshlanganiga hali ko‘p vaqt bo‘lmasada katta hajmdagi ishlar amalga oshirildi. Dastavval 2,5 kilometr masofada 6 kilovoltli quvvatli elektr liniyasi va 1600 kilovolt-amper quvvatli transformator podstansiyasi montajqilinib, qurilish-montajishlari uchun elektr energiyasi taʼminlandi. Obyekt hududidan ko‘chiriladigan elektr uzatish, ko‘p tolali optik aloqa tarmoqlari, shuningdek avtomobil yo‘lining asosiy qismida ishlar yakunlandi.

00000000040820227

Hozirgi kunda 1-quyultirgichda metall ustunlar o‘rnatilib, montaj ishlari 90 foizga bajarilgan. 2-quyultirgichda esa tayanch metall konstruksiyalarni montaj qilish ishlari yakunlanayapti. Sorbsiya va sianlash bo‘limida beton, pachuk osti temir-beton poydevori va suyanch devori quyish ishlari nihoyasiga yetkazildi. Zavodning bosh binosi – birinchi va ikkinchi tegirmon bloklariga poydevor qo‘yildi, tegirmonni komplektlash amalga oshirilmoqda. Maʼdanni qabul qilish tarmog‘ida 11,5 metr balandlikkacha devorga karkas yig‘ilmoqda. Maʼmuriy binoga poydevor qo‘yildi, metall konstruksiyalar montaj qilinmoqda. Oshxona binosida sendvich panellar montaj qilingan, bino ichkarisida gipsokarton devorlar bilan xonalarni ajratish ishlari bajarilmoqda.

00000000040820228

Zavodning namuna-tahlil laboratoriyasi va texnik nazorat bo‘limi bitta binoda joylashadi. Ikki qavatli bu binoning ikkinchi qavatida g‘isht terish ishlari to‘qson foizga uddalangan bo‘lsa, birinchi qavatida oraliq devorlarga g‘isht terilib, kanalizatsiya o‘tkazilmoqda. Majmuaning portlovchi moddalar omborining chegarasi bo‘ylab to‘siq devorlar o‘rnatildi, ammiakli selitra qabul qilish ayvoniga poydevor qo‘yish, natriy nitrat saqlash omborlariga temir-beton kolonna o‘rnatish ishlari yakuniga yetkazildi.

00000000040820229

Karyer obyektlaridan oshxona, maishiy va maʼmuriy binolarga poydevor qo‘yilib, qayta ko‘mish ishlari bajarildi. Garaj hududi beton devor bilan o‘rab olindi, konchilik asbob-uskunalarini taʼmirlash sexi atrofiga beton devor o‘rnatilmoqda. Diametri 630 millimetr bo‘lgan 3 ming 800 metr pulpoquvur, to‘qqiz kilometr uzunlikdagi texnik suv liniyasi montaj qilindi.

Maʼlumki, har qanday korxona jamoasining muvaffaqiyati ko‘p jihatdan kadrlar malakasi, ularning bilimi va kasbiy mahoratiga bog‘liqdir. Kelgusida “Pistali” konida oltin tarkibli maʼdanlarni qazib olish va qayta ishlash majmuasi – 6-gidrometallurgiya zavodini tajribali mutaxassis va ishchi-xodimlar bilan taʼminlashga tayyorgarlik ko‘rish “1-GMZ” kon boshqarmasi rahbariyatining diqqat markazida bo‘layapti. Shu maqsadda qurilish-montaj ishlari olib borilayotgan hozirgi kunlardanoq “Pistali” koni va avtogarajiga og‘ir yuk ko‘taruvchi karyer avtoag‘dargich haydovchisi, yuk ortgich, avtomobil krani, buldozer, yo‘l-transport mashinasi, ekskavator mashinistlari, ekskavator mashinisti yordamchisi, portlatuvchi, elektrgazpayvandchi, kranchi kasblariga ishga qabul qilish va o‘qitish tanlov asosida olib borilayapti. Kon boshqarmasi direktori N.Toshbatirov majmuaning qurilish-montaj ishlaridan muntazam xabardor bo‘lib turibdi. Zavod qad rostlayotgan hudud aholisini ijtimoiy himoyalash maqsadida Nurota tumanining “Temirqovuq”, “Qizilcha”, “Tinchlik” mahallalar fuqarolar yig‘inlarining “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turgan fuqarolarinimaxsusmalaka va bilim talab qilinmaydigan kasblarga ishga qabul qilish mo‘ljallangan.

Bir so‘z bilan aytganda, bugun yangi majmua qurilishi avjida. Demak bu hudud yaqin kelajakda zamonaviy infratuzilmaga ega obod maskanga aylanadi.

Nizomiddin SADRIDDINOV.

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 15534

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 14429

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 4634

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 4528

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 3702



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish