Ijro intizomi tanqidiy muhokama etildi

Batafsil: Yaratildi: 01.08.2022 13:44 Tahrirlandi: 01.08.2022 13:44 Ko'rishlar soni: 618

Bugungi kunda qonunchilik hujjatlari ijrosini o‘z vaqtida va sifatli tashkil etishda rahbar va xodimlarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirish hamda “ijro.gov.uz” yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini taʼminlashga qaratilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilishda yangi axborot texnologiyalar tizimini joriy etish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

00000000010820224

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni va 31-maydagi “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini taʼminlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatida qonunchilik hujjatlari va boshqa nazoratdagi topshiriqlar to‘liq “Ijro.gov.uz” tizimi orqali amalga oshirilmoqda.

Ushbu tizimdan samarali foydalanish hamda kombinatda ijro intizomining mustahkamligini taʼminlashda doimiy tahlil va muhokama etib borish, ishni samarali tashkil etish, masʼuliyat va javobgarlikni oshirishga xizmat qilmoqda.

Yaqinda “NKMK” AJ maʼmuriy masalalar bo‘yicha direktori – Ijro intizomi bo‘yicha doimiy ishchi komissiya raisi o‘rinbosari N.Jo‘libekov raisligida o‘tgan yig‘ilishda ijro intizomining birinchi yarim yillik yakunlari va iyul oyidagi topshiriqlar holati bo‘yicha tahliliy-tanqidiy ruhda muhokama etildi.

Muhokamada bugungi kunda har bir qonunchilik hujjati, topshiriqlar sifatli ijro etilishi har bir rahbar-xodim ijro intizomi masalasiga shaxsiy masʼuliyat va javobgarlik nuqtai nazaridan qarash aytib o‘tildi.  

Yana shuni alohida taʼkidlash joizki, kombinatda ichki ish yuritish jarayonlari to‘liq avtomatlashtirilib, elektron hujjat almashish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Bu, ijro hujjatlarini tezkor ro‘yxatdan o‘tkazish, rahbar imzosi bilan masʼullarga yetkazish, ularning keyingi ijro holatini nazorat qilib borish, hujjatlarni elektron shaklda tezkor kelishish va elektron raqamli imzo kalitidan foydalangan holda imzolashgacha bo‘lgan jarayonni o‘zida qamrab olgan zamonaviy tizim yaratildi. Bu, kombinatda ish yuritish va ijro tizimini sezilarli darajada tezlashtirish bilan birga, ortiqcha qog‘ozbozlikka chek qo‘yish imkonini berdi.

Qolaversa, bugun kombinatga kelib tushayotgan barcha qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi har haftaning juma kuni o‘tayotgan selektor yig‘ilishlari, hafta davomida esa masʼul rahbarlar huzurida muhokama etib kelinayotgani aytib o‘tildi. Lekin shunga qaramasdan, ayrim hollarda baʼzi ijrochilar tomonidan hujjatlar muddatidan kechiktirib bajarish holatlari kuzatilmoqda. Bunga, muhokama chog‘ida aniq misollar keltirilib, ularga nisbatan taʼsirchan choralar belgilash yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilish so‘ngida ijro intizomiga qatʼiy amal qilish, rahbar-xodimlar masʼuliyatini oshirish, o‘rganishlar olib borish, kamchilikka yo‘l qo‘ygan barcha darajadagi rahbar-xodimlarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirish, kamchilikka yo‘l qo‘ygan ijrochilarga nisbatan o‘rnatilgan tartibda intizomiy choralarini qo‘llash yoki aksincha bu borada alohida faollik ko‘rsatganlarni rag‘batlantirib borish yuzasidan kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

“NKMK” AJ Matbuot xizmati.

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 15535

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 14430

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 4634

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 4530

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 3703



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish