OAV vakillari va jurnalistlar uchun Shimoliy kon boshqarmasiga press-tur

Batafsil: Yaratildi: 24.06.2022 08:49 Tahrirlandi: 24.06.2022 08:49 Ko'rishlar soni: 686

2022-yil 16-17-iyun kunlari “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati Shimoliy kon boshqarmasi bo‘linmalarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida, ommaviy axborot vositalari vakillari va jurnalistlar uchun press-tur va matbuot anjumani o‘tkazilmoqda.

00000000160620221_1

Press-turning 1-kuni davomida OAV vakillari va jurnalistlar “NKMK” AJning Uchquduq tumanida joylashgan “Sharqiy” koni, Avtomobil transporti boshqarmasida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari va amalga oshirilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishdilar va ishchi-xodimlar bilan suhbatlashdilar.

Bugungi kunda 8 ming nafardan ortiq ishchi-xodimlar, shu jumladan, 2,5 ming nafarga yaqin yoshlar hamda 1,1 ming nafardan ziyod xotin-qizlar mehnat qilayotgan Shimoliy kon boshqarmasi kombinatning yirik bo‘linmalaridan biridir.

Kon boshqarmasi bo‘linmalarida ishchi-xodimlarning ratsionalizatorlik takliflarini ishlab chiqarish jarayonlariga tatbiq etish muhim o‘rin egallaydi. Xususan, 2021-2022 yillarda ishlab chiqarish jarayonlariga tatbiq etilgan 44 ta ratsionalizatorlik taklifning iqtisodiy samarasi 34 mlrd so‘mni tashkil etdi.   

“Sharqiy” koni mustaqil O‘zbekiston tarixidagi dastlabki konlardan biridir. Konda yiliga 4 mln tonna sulfidli maʼdan qazib olinadi. Kondan qazib olingan maʼdan 3-gidrometallurriya zavodida qayta ishlanadi. “Sharqiy” konida maʼdan qazib olishda ishlatiladigan konchilik texnikalarning barqaror ishlashini taʼminlash, ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida, ekskavatorlarga videokuzatuv qurilmalar o‘rnatilganligi texnika ishlashini doimiy nazorat qilish imkonini berdi. Hozirgi kunda konda 1,1 ming nafardan ortiq ishchi-xodimlar mehnat qilishmoqda.

Shimoliy kon boshqarmasining Avtomobil transporti boshqarmasida 200 dan ortiq “Caterpillar”, “Komatsu”, “BelAZ”, “MAN”, “MAZ” rusumli zamonaviy konchilik texnikalari va transport vositalari mavjud. Keyingi yillar mobaynida boshqarma texnika parki zamonaviy avtoag‘dargichlar bilan yangilandi. 2020 yilda Avtomobil transporti boshqarmasida faoliyat yuritayotgan kadrlar bilimini oshirish va qayta tayyorlash uchun xizmat ko‘rsatadigan o‘quv-darsxonasi foydalanishga topshirildi. Shuningdek, boshqarmada “Komatsu” rusumli avtoag‘dargich haydovchilarining malakasini oshirish uchun simulyator ishga tushirildi. Mazkur simulyatorda olib boriladigan o‘quv mashg‘ulotlarida haydovchilar amaliy tajribalarini oshirish bilan birga zamonaviy konchilik texnikasining imkoniyatlarini ham o‘zlashtirmoqdalar.

Shu kuni kechqurun Uchquduq shahridagi “Konchi” sihatgohida OAV vakillari va jurnalistlar uchun matbuot anjumani o‘tkazildi. Matbuot anjumanida OAV vakillari va jurnalistlarning savollariga Shimoliy kon boshqarmasi rahbar va mutaxassislari tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Press-tur 17-iyun kuni 3-gidrometallurgiya zavodida davom etadi.

“NKMK” AJ matbuot xizmati.

"NKMK" AJning veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 13700

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 13069

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 4544

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 4411

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 3621