Batafsil: | Yaratildi: 24.06.2022 08:44 | Tahrirlandi: 16.06.2022 08:46 | Ko'rishlar soni: 554 |
14-iyun kuni Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati mehnat jamoasining konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Jamoa shartnomasining 2021-yilda bajarilishi, 2022-2024-yillarga mo‘ljallangan Jamoa shartnomasini qabul qilish va boshqa masalalar muhokama qilindi.
Kombinatda 2021-yilda Jamoa shartnomasining bajarilish yakunlari to‘g‘risida “NKMK” AJ Boshqaruv raisi – Bosh direktori Q.Sanaqulov hamda kasaba uyushmasi Kengashi raisi I.Rahmatovlarning hisobotlari tinglandi.
Maʼruzalarda Jamoa shartnomasida belgilangan vazifalarning bajarilish holati, ijtimoiy, iqtisodiy sohada olib borilgan ishlar, qo‘lga kiritilgan natijalar, istiqboldagi rejalar haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, Navoiy kon-metallurgiya kombinati Jamoa shartnomasining 2021-yilda bajarilishini ikki tomonlama tekshirish dalolatnomasi, kombinat Jamoa shartnomasi loyihasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha markaziy komissiya bayonnomalari to‘g‘risida Bosh direktorning xodimlar va maʼmuriy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Q.Taparov, 2021-yilda kombinatda mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar holati bo‘yicha maʼlumot va 2022 yil uchun mehnat muhofazasi kelishuvini qabul qilish to‘g‘risida Mehnat muhofazasi bo‘yicha direktor A.Tursunovning axborotlari eshitildi.
Konferensiyada 2022-2024-yillarga mo‘ljallangan Jamoa shartnomasini qabul qilish hamda “NKMK” AJ Ichki mehnat tartib qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Muzokaralarda 3-gidrometallurgiya zavodi guruh rahbari D.Hazratqulova, 2-gidrometallurgiya zavodi uchastka boshlig‘i F.Halimov hamda Janubiy kon boshqarmasi bosh muhandisi o‘rinbosari E.Musurmonovlar o‘z fikr-mulohazalari bilan chiqish qilishdi.
Yakuniy qarorga ko‘ra, konferensiya delegatlari tomonidan kombinat maʼmuriyati va kasaba uyushma Kengashining 2021 yilda Jamoa shartnomasining bajarilishi bo‘yicha faoliyati qoniqarli, deb topildi, “NKMK” AJning 2022-2024-yillarga mo‘ljallangan yangi tahrirdagi Jamoa shartnomasi bir ovozdan qabul qilindi.
“NKMK” AJ matbuot xizmati.
"NKMK" AJning veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:
Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…
28.09.2017 08:36 | 13698 |
Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…
28.09.2017 08:41 | 13067 |
Joriy yilning 8 sentyabr kuni “Farhod” madaniyat saroyida viloyatimizdagi shahar va shahar tashqarisidagi bolalar oromgohlarida yozgi sog‘lomlashtirish…
28.09.2017 09:52 | 4544 |
“Navoiy mashinasozlik zavodi” ishlab chiqarish birlashmasi ko‘p yillik boy tarixga ega. Uning bo‘linmalarida mashinasozlik sohasining turli yo‘nalishlari bo‘yicha…
02.10.2017 09:32 | 4410 |
O‘qituvchilar va ustozlar bayrami arafasida nafaqat ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan insonlarga, balki qaysi sohada bo‘lmasin o‘z bilim va tajribasini yoshlarga sidqidildan…
02.10.2017 09:34 | 3620 |
Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…
Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…