Batafsil: | Yaratildi: 16.05.2022 10:35 | Tahrirlandi: 16.05.2022 10:35 | Ko'rishlar soni: 843 |
2022-yil 13-may kuni Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuniga bag‘ishlangan bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi.
Tantanada “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati, “Navoiyuran” davlat korxonasi, “NKMK jamg‘armasi” davlat muassasasida mehnat faoliyatini olib borayotgan turli kasb egalari va mehnat faxriylari ishtirok etishdi. “NKMK” AJ Boshqaruv raisi – Bosh direktori Quvondiq Sanaqulov korxonalar jamoalarini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etdi.
Tadbirda taʼkidlanganidek, keyingi yillarda kombinatda 3-gidrometallurgiya zavodida noyob texnologiyaga asoslangan yangi majmua, 5 va 7-gidrometallurgiya zavodlari, 2-gidrometallurgiya zavodida “B” blok, “Muruntov” koni tarkibida “Balpantog‘” va “Tomdibuloq” konlari ochildi, bir qator konlarda yangi liniya va inshootlar ishga tushirildi. Kanadaning “Kitco” tahlil markazi tomonidan “Muruntov” koni qatorasiga ikkinchi marta dunyoning eng yirik oltin qazib oladigan koni sifatida eʼlon qilindi.
“NKMK” AJ, “Navoiyuran” DK, “NKMK jamg‘armasi” DMning bir guruh ishchi-xodimlari ko‘p yillik fidokorona mehnati, sohani rivojlantirishga qo‘shayotgan yuksak hissasi uchun hamda kasb bayrami munosabati bilan I, II va III darajali “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.
I darajali “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni
Tuayev Anatoliy Vasilevich – “NKMK” AJ Markaziy kon boshqarmasi 2-gidrometallurgiya zavodi direktorining kapital qurilish bo‘yicha o‘rinbosari.
Halilov Ziyobiddin Zayniyevich – “NKMK” AJ Shimoliy kon boshqarmasi Avtomobil transporti boshqarmasi samosval haydovchisi.
Narmatov Xurshid Mustafayevich – “NKMK” AJ Janubiy kon boshqarmasi “Zarmitan” koni boshlig‘i.
II darajali “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni
Achilov Asror Mamarasulovich – “NKMK” AJ Markaziy kon boshqarmasi bosh marksheyderi.
Niyazov G‘ulomjon Tursunovich – “NKMK” AJ Markaziy kon boshqarmasi “Muruntov” shaxtasi boshlig‘i.
Izzatilloyev Sobirjon Hikmatilloyevich – “NKMK” AJ Shimoliy kon boshqarmasi bosh mexanigi.
Rashidov Maqsud Xomidovich – “NKMK” AJ Shimoliy kon boshqarmasi “Dovgiztov”koni navbatchi chilangari.
Qarshiyev Olim Erdonovich – “NKMK” AJ Janubiy kon boshqarmasi “Zarmitan” koni lahimchisi.
Nuraliyev Marat Normurodovich – “NKMK” AJ Janubiy kon boshqarmasi “G‘ujumsoy” koni bosh muhandisi.
Cho‘liyev Baxriddin To‘rayevich – “NKMK” AJ Zarafshon qurilish boshqarmasi chilangari.
Stukovenkov Valeriy Nikolayevich – “NKMK” AJ “Navoiy mashinasozlik zavodi” ishlab chiqarish birlashmasi montajchisi.
Isayev Mirzo Sapoyevich – “NKMK” AJ boshqarmasi mineral xomashyo resurslar bo‘limi boshlig‘i.
Roziqov Ummat Rajabovich – “Navoiyuran” DK “Zafarobod” kon boshqarmasi 1-geotexnologik koni elektrgazpayvandchisi.
Safarov Matniyoz Nurullayevich – “NKMK jamg‘armasi” DM “Navoiy” hududiy boshqarmasi ekskavator mashinisti.
III darajali “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni
Guseynov Chingiz Guseyn ogli – “NKMK” AJ Markaziy kon boshqarmasi “Oltinni uyumda eritmaga o‘tkazish sexi” koni uchastka boshlig‘i.
Sobirov Namoz Aliyorovich – “NKMK” AJ Markaziy kon boshqarmasi 7-gidrometallurgiya zavodi taʼmirlovchi chilangari.
Subbotin Andrey Valeryevich – “NKMK” AJ Markaziy kon boshqarmasi 2-gidrometallurgiya zavodi bosh texnologi.
Umirov Tohir Hakimovich – “NKMK” AJ Markaziy kon boshqarmasi “Auminzo-Amantoy” koni bosh muhandisining o‘rinbosari.
Karimov G‘ofurjon Saydullayevich – “NKMK” AJ Shimoliy kon boshqarmasi Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash otryadi nazoratchisi.
Jabborov Azizjon Dilmurodovich – “NKMK” AJ Janubiy kon boshqarmasi 4-gidrometallurgiya zavodi bosh texnologi.
Ungarov Berdiyor Xayitovich – “NKMK” AJ Geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi bosh geofizigi.
Iskanov Sherali Ko‘chqorovich – “NKMK” AJ “1-GMZ” kon boshqarmasi “Qoraqo‘ton” koni portlatuvchisi.
Ahadov Yuldosh Tagayevich – “NKMK” AJ 3-avtomobil bazasi haydovchisi.
Qayumov Ruslan Salimovich – “NKMK” AJ Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi boshligining o‘rinbosari.
Abdiyev Yarash Fayziyevich – “NKMK” AJ Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi Nazorat-o‘lchov asboblari va avtomatika markaziy laboratoriyasi bo‘yoqchisi.
Zaripov Shuhratillo Umurzoqovich – “NKMK” AJ Markaziy loyihalash byurosi boshligi o‘rinbosari.
Kuzembayev Muxtar Jumagaliyevich – “NKMK” AJ boshqarmasi Tartibot bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari.
Sharipov Azizjon Shokirovich – “NKMK” AJ xodimlari Kasaba uyushmasi Kengashi huquqshunosi.
Xudoyberdiyev Umrzok Xudoynazarovich – “Navoiyuran” DK Uran ishlab chiqarish zavodi bosh muhandisi.
Djanbirbayev Alibek Aldabayevich – “Navoiyuran” DK “Zafarobod” kon boshqarmasi 3-geotexnologik koni burgilash qurilmasi mashinisti.
Otayarov Fahriddin Ochilovich – “Navoiyuran” DK “Nurobod” ishlab chiqarish maydoni “Sobirsoy” geotexnologik koni navbatchi chilangari.
Muhammedov Furqat Normurodovich – “Navoiyuran” DK “Uchquduq” ishlab chiqarish maydoni sulfat kislotasi ishlab chiqarish sexi taʼmirlovchi chilangari.
No‘monov Maqsud Mo‘minovich – “NKMK jamg‘armasi” DM boshqarmasi Xodimlar va tashkiliy rivojlanish boshqarmasi boshligi.
Maxanbetova Ayjan Ablazizovna – “NKMK jamg‘armasi” DM “Uchquduq” hududiy boshqarmasi “Shimol” ovqatlanish kombinati “Uchquduq” oshxonasi oshpazi.
Fayzullayev Jamshid Teshayevich – “NKMK jamg‘armasi” DM “Zarafshon” hududiy boshqarmasi Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi bosh muhandisi.
“NKMK” AJ matbuot xizmati.
"NKMK" AJning veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:
Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…
28.09.2017 08:36 | 12110 |
Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…
28.09.2017 08:41 | 11634 |
Joriy yilning 8 sentyabr kuni “Farhod” madaniyat saroyida viloyatimizdagi shahar va shahar tashqarisidagi bolalar oromgohlarida yozgi sog‘lomlashtirish…
28.09.2017 09:52 | 4420 |
“Navoiy mashinasozlik zavodi” ishlab chiqarish birlashmasi ko‘p yillik boy tarixga ega. Uning bo‘linmalarida mashinasozlik sohasining turli yo‘nalishlari bo‘yicha…
02.10.2017 09:32 | 4284 |
O‘qituvchilar va ustozlar bayrami arafasida nafaqat ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan insonlarga, balki qaysi sohada bo‘lmasin o‘z bilim va tajribasini yoshlarga sidqidildan…
02.10.2017 09:34 | 3518 |
Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…
Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…