Tomdi tumanida ikkita yangi kon ochildi

Batafsil: Yaratildi: 08.04.2022 16:37 Tahrirlandi: 11.04.2022 15:09 Ko'rishlar soni: 3871

7-aprel kuni “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan investitsion loyihalar doirasida Tomdi tumani hududida “Muruntov” koni tarkibida “Balpantog‘” va “Tomdibuloq” konlarining ochilish marosimi va bu yerda birinchi portlatish ishlari amalga oshirildi.

00000000080420221

Tadbir ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kombinatni 2026-yilgacha rivojlantirish dasturida belgilangan loyihalar muvaffaqiyatli  amalga oshirayotganligiga guvoh bo‘ldilar.

“Balpantog‘” va “Tomdibuloq” konlari bazasida qazib olish konchilik korxonasi barpo etilishi, bu yerda yangi ish o‘rinlari yaratilayotganligi mahalliy aholining ertangi kunga bo‘lgan ishonchini oshirmoqda. Yangi konlarning oltin tarkibli maʼdan zaxiralari kombinatning 2-gidrometallurgiya zavodiga 33 kilometrlik temir yo‘llari orqali tashiladi. Tadbirda konlar 40 million tonnadan ortiq maʼdan zaxirasiga ega ekanligi taʼkidlandi.

00000000080420222

Konlardan qariyb 15 yil mobaynida yiliga 3 million tonnadan oltinga boy maʼdan qazib olinadi. Bu ishlarni bajarish uchun konga 7 ta gidravlik ekskavator, 5 ta burg‘ilash qurilmasi, 23 ta avtoavg‘dargich, 2 ta teplovoz va boshqa ko‘plab kon texnikalarini xarid qilish ko‘zda tutilgan. Hozirgi kunda bitta zamonaviy gidravlik ekskavatori, 90 tonna yuk ko‘tarish quvvatiga ega 10 ta avtoag‘dargich keltirildi. Bugundan kon yuzasini ochish ishlari boshlandi.

Loyiha doirasida konda 653 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.  

“NKMK” AJ matbuot xizmati.

"NKMK" AJning veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 13700

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 13069

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 4544

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 4411

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 3620