“NKMK” AJda Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishga tushirildi

Batafsil: Yaratildi: 25.12.2021 10:35 Tahrirlandi: 25.12.2021 10:35 Ko'rishlar soni: 374

23-dekabr kuni Navoiy shahrida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining buxgalteriya xizmatlari va IT-bo‘linmalari xodimlari uchun korporativ hisobotlarni Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (MHXS) muvofiq avtomatlashtirish loyihasining yakunlanishi va “1C: ERP Xoldingni boshqarish” tizimida MHXS bo‘yicha hisob yuritishning boshlanishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.   

00000002512211

Tadbir ochilishida “NKMK” AJ Moliyaviy ishlar bo‘yicha direktori Aleksey Shaymardanov va biznes jarayonlarni optimallashtirish bo‘limi boshlig‘i Denis Nastenko so‘zga chiqib, kombinat barcha bo‘linmalarining buxgalteriya xizmatlari va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boshqarmasi va markazlari xodimlarining tizimni sinovdan o‘tkazish va joriy etishdagi faol ishtiroki va munosib hissasini eʼtirof etishdi. Shuningdek, ularning qayd etishicha, 2022-yilda soliq hisobi, g‘aznachilik va byudjetlashtirishni avtomatlashtirish bo‘yicha “1C: ERP Xoldingni boshqarish” tizimini rivojlantirish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, ular “KROK” xalqaro IT-kompaniyasi (Rossiya) mutaxassislarining faol ishtirokida 1-dekabr kunidan boshlab “1C: ERP Xoldingni boshqarish” tizimi sanoat foydalanishga topshirilganligi bois mazkur kompaniya vakillariga minnatdorchilik bildirishdi. 

So‘ng tadbir ishtirokchilariga “NKMK” AJ va “KROK” kompaniyasi vakillarining taqdimotlari namoyish etildi.

- Kapital bozorlarining globallashuvi, transmilliy korporatsiyalarning paydo bo‘lishi va tarqalishi tendensiyasi Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari “moliyaviy hisobotning dunyodagi yagona tili” sifatida tashkil etilishiga olib keldi, - dedi o‘z chiqishida NKMK” AJ bosh buxgalterining MHXS bo‘yicha o‘rinbosari Yevgeniya Grinenko. - MHXS moliyaviy hisobotlarda turli xil xo‘jalik operatsiyalarini qanday aks ettirishni belgilaydigan xalqaro buxgalteriya standartlarining o‘ziga xos to‘plamidir. Ushbu standartlarning asosiy afzalliklaridan biri buxgalterlar va boshqaruvchilarning ishini yengillashtirishdir. Bugungi kunda kompaniyalarni MHXSga o‘tishga undaydigan asosiy sabab – bu o‘zgarishlarga bo‘lgan intilish. MHXS axborotning taqqoslanishi va shaffofligini, biznes ko‘rsatkichlarni obyektiv baholash imkoniyatini, shuningdek axborotning ishonchliligi va to‘liqligini oshirish orqali davlat aktivlarini boshqarishni takomillashtirishni taʼminlaydi. O‘zbekistonda kompaniyalar tarmoq tasniflanishidan qatʼiy nazar, MHXSga o‘tishda bir qator qiyinchilik va to‘siqlarga duch kelmoqda. Bu buxgalterlik hisobning  milliy standartlari va MHXS o‘rtasidagi konseptual farqlar, qonunchilikning nomuvofiqligi, dastlabki joriy etish va keyinchalik amalga oshirishdagi yuqori sarf-xarajatlar hamda malakali kadrlarning yetishmasligidir.

00000002512212

Hozirgi globallashuv jarayonlarda raqobatbardoshlikni oshirish va xalqaro integratsiyani kuchaytirish maqsadida, “NKMK” AJda biznes jarayonlarni takomillashtirish bo‘yicha qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. MHXS bo‘yicha hisobni olib borish va hisobotlarni shakllantirish uchun zarur vositalarni o‘z ichiga olgan “1C: ERP Xoldingni boshqarish” tizimining sanoat foydalanishga topshirilishi shunday amalga oshirilgan chora-tadbirlardan biridir.

Ushbu tizimning maqsadlari, natijalari va rivojlanish istiqbollari “KROK” kompaniyasi vakili – katta texnik menejeri Pavel Vlasovning chiqishida aks ettirildi. Uning taʼkidlashicha, mazkur tizim yagona korporativ axborot tizimida hujjatlar hisobi jarayonlarini avtomatlashtirish orqali MHXS talablariga rioya qilgan holda NKMK transformatsiya jarayonini qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy etildi. Modellashtirishdan sanoat foydalanishgacha bo‘lgan ushbu loyihani amalga oshirish jarayoni “KROK” kompaniyasi ishtirokida 2021-yil mobaynida davom etdi. Mazkur loyiha jamoasi “KROK” kompaniyasining 25 nafar mutaxassisi va NKMKning 250 nafarga yaqin xodimlaridan iborat edi. Joriy yil davomida “KROK” kompaniyasining maslahatchilari barcha kon boshqarmalarida bo‘lib, hujjatlar tahlilini amalga oshirishdi, hisob tasnifi bo‘yicha intervyular o‘tkazishdi, tizim xususiyatlarini namoyish etishdi va uning namunasini sinovdan o‘tkazishdi. Navoiy va Zarafshon shaharlarida kombinatning 300 nafardan ortiq xodimi tizimda ishlashning bazaviy asoslarini namoyish etgan holda amaliy misollar bo‘yicha o‘qitildi. Ularga tegishli sertifikatlar topshirildi. Hozirda “1C: ERP Xoldingni boshqarish” tizimi 17 ta hisob markazlari (filiallari), 1 150 nomdagi xarajatlar, 1 520 ta omborlari (saqlash joylari) bo‘yicha hisob olib borilishini taʼminlaydi. Tizimdan 300 nafardan ortiq foydalanuvchilar foydalanib, qiritiladigan maʼlumotlar hajmi oyiga 100 mingtadan ortiq hujjatni tashkil etadi. 

Pirovardida, “1C: ERP Xoldingni boshqarish” tizim foydalanuvchilari “NKMK” AJda MHXS hisobini olib borish va tizimda ishlashning amaliy ko‘nikmalariga ega bo‘lishdi hamda foydalanuvchilar va tizimning texnik xizmati o‘rtasida maʼlumotlarni tahlil qilish va ko‘rib chiqiladigan holatlar bo‘yicha qayta aloqa yo‘lga qo‘yildi.  

Taqdimotlardan so‘ng tadbir ishtirokchilari jamoalarda ishlashda (team building) faol qatnashishdi. Bu kombinat bo‘linmalari xodimlariga bir biri bilan tanishish, ijobiy kayfiyat olish, ahillik, jamoada ishlash va o‘z g‘oyalarini ayta bilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish imkoniyatini berdi.

                  “NKMK” AJ matbuot xizmati.

"NKMK" AJning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

 

Mavzuga oid yangiliklar

IJODKORLAR BILAN UCHRASHUV

16.03.2018 14:13 2223

TARIXI BILAN FAXRLANGAN YOSHLAR

04.02.2019 14:18 1045

“XAMSA”DA ILM-FAN MASALASI

04.02.2019 14:24 1262

BAHOR KELDI SENI SO‘ROQLAB

01.03.2019 13:10 1236



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish