Konchilar bog‘ yaratdi

Batafsil: Yaratildi: 04.12.2021 13:43 Tahrirlandi: 04.12.2021 13:48 Ko'rishlar soni: 201

Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan olg‘a surilgan yashil maydonlarni kengaytirish, ekologik vaziyat va havo tozaligini yaxshilash borasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida muhim vazifalar belgilab berilgan edi. Ayni paytda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi” davlat muassasasi tomonidan bu borada eʼtirofga arzigulik keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

00000004124

Bugun ikki korxona ishchi-xodimlari tashabbus ko‘rsatib, erta tongdan Karmana tumani hududidagi “Do‘stlik” agrofirmasi hududida ko‘chat ekish ishlarida ishtirok etishdi.

00000004125

- Mazkur loyiha doirasida 100 ming tup ko‘chat ekishni mo‘ljallaganmiz. Shu davrga qadar ishchi-xodimlar ko‘magida rejadagi 100 ming tupdan ortiq o‘n xildan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazishga erishdik. Qadalgan ko‘chatlar parvarishi ham alohida nazoratga olingan. Bugungi hashar ham chakki bo‘lmadi. Tadbirda yuzlab ishchi-xodimlar, muhandis-texnologlar, yoshlar vakillari faol ishtirok etishdi. Ularning faolligida 15 ming tup nihol ekildi, - deydi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi” davlat muassasasi bosh direktorining o‘rinbosari S.Altinov.

00000004126

Shuni mamnuniyat bilan alohida taʼkidlash joizki, kombinat jamoasi nafaqat ishlab chiqarishda, balki yashil maydonlarni yaratishda doimiy faol ishtirok etib kelayapti. O‘tgan yillarda ko‘plab yirik bog‘zorlar barpo etganliklari va bugun uning uzviy davomi bo‘lgan yangi bog‘ yaratganligi buning isbotidir.

00000004127

- Bog‘ yaratish savob. Kimdir mevasidan, kimdir soyasidan bahramand bo‘ladi. Har bir niholning atrof-muhitga, inson salomatligiga qancha foydasi bor. Tabiat qo‘ynida, quvnoq kayfiyatda, jamoa bilan bir safda keng miqyosda ko‘chat ekish tadbirida ishtirok etganligimizdan mamnunmiz. Hamkasblarimiz ushbu xayrli ishga hissa qo‘shganligini xursandchilik bilan bildirishdi. Albatta, biz ekkan novdalar kunlar kelib yaproq yozadi, bog‘ bo‘ladi. Hozirda barcha bo‘linmalarda ham ko‘chat ekish ishlari qizg‘in davom etmoqda, - deydi “NKMK” AJ Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha direktori X.Raupov.

Jumladan, bugun “Navoiy mashinasozlik zavodi” ishlab chiqarish birlashmasida ham ko‘chat o‘tqazish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ularning saʼy-harakatlari bilan korxona hududiga minglab mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

“NKMK” AJ matbuot xizmati.

"NKMK" AJning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

 

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 7804

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 7309

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 4115

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 3954

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 3245



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish