“Yangi O‘zbekiston” bog‘i barpo etildi

Batafsil: Yaratildi: 04.12.2021 12:52 Tahrirlandi: 04.12.2021 12:52 Ko'rishlar soni: 179

Navoiy kon-metallurgiya kombinatida “Dolzarb 40 kunlik”da daraxt va buta ko‘chatlarini ekish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi. Unga ko‘ra, yaqin vaqtda 122,7 gektar maydonda 100 ming tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilmoqda.

00000004121

Ayni paytda “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosidagi amaliy ishlar jadal surʼatlarda davom etayapti. Navoiy mashinasozlik zavodi ishlab chiqarish va yordamchi xo‘jalik binolari atroflariga qariyb uch gektar maydonda 6,8 ming tup mevali hamda manzarali daraxt va bo‘ta ko‘chatlari o‘tqazildi.

00000004122


– Zavodimiz ishchi-xodimlari shanba kunida hashar yo‘li bilan ikki getarlik tashlandiq yerda ikki ming tupdan ortiq olma, gilos, yong‘oq kabi mevali daraxt ko‘chatlarini yaxshi niyatlar bilan o‘tqazdilar. Asosan yoshlarimiz ishtirok etgan umummilliy loyiha doirasida ko‘chatlarni nafaqat o‘tqazish, balki mahalliy o‘g‘it tashlash va sug‘orish ishlarini amalga oshirdilar. Barchamiz yaxshi niyatlar bilan ushbu bog‘ga “Yangi O‘zbekiston” deb nom qo‘ydik, – deydi NMZ yoshlar yetakchisi Bahodir Abdullayev.

00000004123

Ko‘chat ekish jarayonida hududning tuproq va iqlim sharoitiga alohida eʼtibor qaratilayapti. Ko‘chatlarni tomchilatib sug‘orish texnologiyasi orqali parvarishlashni hisobga olgan holda meʼyordan ortiqcha suv talab qilmaydigan tut, qayrag‘och, palvoniya, gujum kabi manzarali daraxt turlari o‘tqazilmoqda.

“NKMK” AJ matbuot xizmati.

"NKMK" AJning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

 

 

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 7804

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 7308

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 4114

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 3954

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 3245



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish