Matonatli insonlar

Batafsil: Yaratildi: 03.12.2021 15:05 Tahrirlandi: 03.12.2021 15:15 Ko'rishlar soni: 234

3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni, deb eʼlon qilingan. Bundan ko‘zlangan maqsad nogironlarning muammolarini chuqurroq anglab yetish, ularni bartaraf etish, imkoniyati cheklangan insonlarning qadr-qimmati, huquqlarini himoyalash, turmush sharoitlarini yaxshilashdan iboratdir.

00000003125

Maʼlumotlarga ko‘ra, bugungi kunda dunyo aholisining 1 milliarddan ortig‘i, yaʼni har yetti kishidan kamida bittasida muayyan bir turdagi nogironlik mavjud. Ularning 100 million nafardan ortig‘ini bolalar tashkil etadi.

Mamlakatimizda aholini ijtimoiy muhofaza qilishni yanada kuchaytirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj nogironlarga keng imkoniyat va sharoitlar yaratib berishga alohida ahamiyat berib kelinmoqda.

Nogironlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash orqali ularning jamiyatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotidagi faolligini taʼminlashga erishish mumkin. Zero, Inson jismi bilan emas, go‘zal qalbi bilan qadrlanadi.

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati va Kasaba uyushmasi Kengashi imkoniyati cheklangan insonlarni moddiy va maʼnaviy jihatdan hamisha qo‘llab-quvvatlaydi, eʼzozlaydi!

Joriy yilning 8-oktabrida NKMK homiyligida Zarafshon shahirida imkoniyati cheklangan bolalar uchun barpo etilgan va zamonaviy jihozlangan “Umid” maktabgacha taʼlim muassasasining foydalanishga topshirilganligi fikrlarimizning yorqin ifodasidir.

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 13698

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 13067

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 4544

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 4410

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 3620