Batafsil: | Yaratildi: 03.12.2021 10:44 | Tahrirlandi: 03.12.2021 11:00 | Ko'rishlar soni: 374 |
“NKMK” AJ boshqarmasi majlislar zalida videselektor ko‘rinishda bo‘linmalar rahbarlari, devonxonalar mudirlari, masʼul xodimlar ishtirokida ijro intizomini yanada takomillashtirish, xodimlarning kasbiy bilimlarini oshirish mavzusida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi. O‘quv-seminarni kombinat bosh direktorining xodimlar va maʼmuriy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Q.Taparov boshqarib bordi.
Har bir subyektda ish samaradorligini namunali tashkil etishda ijro intizomi muhim o‘rin egallaydi. Faoliyatga yangicha tizim, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish ish yuritish, hujjatlar ijrosi va nazorat etishni taʼminlaydi.
Tadbirda taʼkidlandiki, 2022-yildan boshlab kombinatda ijro intizomiga doir yangi tizim joriy etilishi mo‘ljallangan. U o‘zining muhim zamonaviy qulayliklariga ega. Bu, kelgan xat-xabarlarni qabul qilishdan boshlab uning yakuniy ijrosi va nazoratdan chiqarishgacha bo‘lgan jihatlarni yorqin ifoda etadi.
Mutaxassislar tomonidan seminarda yangi elektron dasturda ish yuritish, ijro nazoratini olib borish hamda nazorat kartochkalarini yuritilishi haqida seminar ishtirokchilariga amaliy misollar asosida va ko‘rgazmali vositalar yordamida keng tushuntirishlar berildi.
Seminar yakunida ishtirokchi xodimlar amaliyotda uchraydigan ayrim muammolar, jumladan, ijro intizomi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar olib, mutaxassis fikrini tinglashdi.
“NKMK” AJ matbuot xizmati.
"NKMK" AJning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:
Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official
Yaqinda mamlakatimizning bir guruh adabiyot namoyandalari, ijodkorlar Navoiy viloyatiga tashrif buyurishib, Navoiy kon-metallurgiya kombinatining ishchi-xodimlari bilan uchrashdi.…
16.03.2018 14:13 | 2342 |
Yurtimiz tarixiy obidalarga boy. Dunyo sayqali degan ta’rifni olgan Samarqand nafaqat chet el sayyohlarini balki yurtdoshlarimizni ham o‘ziga maftun etadi. O‘zbekiston Prezidentining…
04.02.2019 14:18 | 1122 |
Ulug‘ bobomiz hazrat Alisher Navoiy yashagan davr ilm-fan, texnika rivojlanmagan zamonlar bo‘lgan. Lekin “Farhod va Shirin”, “Sab’ai sayyor”, ayniqsa…
04.02.2019 14:24 | 1333 |
01.03.2019 13:10 | 1327 |
Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…
Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…