Sinov davri masʼuliyati

Batafsil: Yaratildi: 03.12.2021 09:18 Tahrirlandi: 03.12.2021 09:19 Ko'rishlar soni: 274

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2021/2022-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 576-son qarori ijrosini NKMK miqyosida taʼminlash maqsadida, zarur chora-tadbirlar ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda.

00000003121

Kombinat tarkibiy bo‘linmalarini masʼuliyatli mavsumga tayyorlashga yo‘naltirilgan 20.5 mlrd so‘m mablag‘ metall va polipropilen quvurlari, berkitish-sozlash armaturalari, issiqlik va tom qoplama materiallari, shuningdek qishki mavsum uchun zaxira mazut va pech yoqilg‘ilari taʼminoti uchun sarf etildi.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan bo‘linmalar oldiga qo‘yilgan asosiy vazifa bu, ishlab chiqarish va sanoat obyektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash hamda ularning mavsum davomida barqaror va ishonchli ishlashini taʼminlashdan iboratdir. Mavsumga tayyorgarlik jarayonida kombinatning elektr taʼminoti obyektlari, sanoat qozonxonalari, suv taʼminoti va oqova suv tozalash inshootlari, elektr, gaz, issiqlik suv taʼminoti tarmoqlarida rejali taʼmirlash ishlari olib borildi.

Markaziy, Shimoliy, Janubiy, 5- va “1-GMZ” kon boshqarmalari elektr energiyasi taʼminoti tizimida o‘rnatilgan 447 ta transformator podstansiyalari va 253 kilometr havo va kabel elektr uzatish, 46.4 kilometr yuqori va o‘rta bosimli tabiiy gaz tarmoqlari, 59 dona gaz taqsimlash punktlari joriy taʼmirlandi. Elektr energiyasi va tabiiy gaz taʼminoti tizimida o‘rnatilgan barcha uskuna va tarmoqlar 2021 yil uchun tasdiqlangan rejali ehtiyotdan qilinadigan taʼmir grafigiga asosan to‘liq ko‘rikdan o‘tkazildi.

Umumiy yuklamasi 376 Gkal/soat bo‘lgan 20 dona ishlab chiqarish va issiqlik taʼminoti qozonxonalari va bu yerda o‘rnatilgan 9 turdagi 53 dona bug‘ qozonlari va 27 dona suv isitish qozonlarida joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirildi. MKB “Bessopan-1” qozonxonasida DKVR 20-13 bug‘ qozoni to‘liq kapital taʼmirlandi. 1,2,3,4,5 va 7-gidrometallurgiya zavodlari va ishlab chiqarish obyektlari issiqlik taʼminoti tizimlarining 3.48 kilometr bug‘ va issiq suv quvurlari kapital va 55.26 kilometri joriy taʼmirlandi. MKB “Bessopan” hududida 790, ShKB hududida 1 ming 200 metr, Janubiy kon boshqarmasi “Marjonbuloq” koni sanoat qozonxonasida 420 metr va Navoiy mashinasozlik zavodida 990 metr issiqlik tarmoqlari to‘liq yangisiga almashtirildi, 6 kilometrdan ziyod issiqlik tarmoqlariga issiqlik qoplamalari o‘rnatildi.

00000003122

Bo‘linmalar suv inshootlari va suv taʼminoti tarmoqlari ham 2021-2022-yillar kuz-qish mavsumiga tayyor holga keltirildi. Kombinat bo‘yicha 264 kilometr suv tarmoqlari joriy, 5.51 kilometr suv tarmoqlari kapital taʼmirlandi. Markaziy kon boshqarmasi va boshqa isteʼmolchilarni texnik suv bilan taʼminlovchi 208 kilometr uzunlikdagi “Amudaryo-Zarafshon” magistral suv quvurining 1, 2, 3-tarmoqlari, 1, 2, 3, 4, 5-suv ko‘tarish nasos stansiyalari, 30,2 kilometr uzunlikdagi “Zarafshon-Bessopan” texnik va ichimlik suvi magistral quvurlari, 6 va 7-suv ko‘tarish nasos stansiyalari, 81,4 kilometr uzunlikdagi “Zarafshon-Uchquduq” texnik va ichimlik suvi magistral quvurlari, 8 va 9-suv ko‘tarish nasos stansiyalari, “Zarafshon-Dovgiztog‘” ichimlik suvi magistral quvuri, “Qarag‘ata” nasos stansiyasi va suv tarmog‘ida joriy taʼmirlash ishlari olib borildi. Janubiy kon boshqarmasi 4-GMZ suv taʼminoti manbasi bo‘lgan Tusinsoy magistral suv tarmog‘i 1, 2 va 3-suv ko‘tarish nasos stansiyasi, 24 kilometr uzunlikdagi suv tarmog‘i, “Boytup” suv inshootidan “Zarmitan” koni uchun tortilgan 2.1 kilometr ichimlik suv tarmog‘i, “Marjonbuloq” koni oltinni ajratish sexi suv taʼminoti tizimidagi “Sangzor” 1, 2 va 3-suv ko‘tarish nasos stansiyalari va 19.4 kilometr uzunlikdagi “Sangzor-Marjonbuloq” magistral suv tarmoqlari qish mavsumida ishlashga tayyor holatga keltirildi. Shimoliy kon boshqarmasiga qarashli “Beshbuloq” suv inshootining 1 va 2-suv ko‘tarish nasos stansiyalari va 12 kilometr uzunlikdagi suv tarmoqlari, umumiy uzunligi 80.2 kilometr bo‘lgan Zarafshon-Uchquduq magistral texnik va ichimlik suv tarmoqlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari nihoyasiga yetkazildi.

Maʼlumki, kuz-qish mavsumida uni muvaffaqiyatli o‘tkazishga masʼul sohalar xodimlarining faoliyati jiddiy sinovdan o‘tadi. Biz o‘z ishimizga shunday masʼuliyat bilan yondashayapmiz.

Joriy yilning 20-oktabridan NKMK obyektlarida isitish mavsumi boshlandi. Hozirgi kunda barcha energotaʼminot obyektlari uzluksiz va barqaror faoliyat olib borayapti. Joylarda avariya-dispetcherlik xizmatlari ish faoliyati yaxshi yo‘lga quyilgan bo‘lib, bo‘linmalar kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday avariya holatlarini o‘z vaqtida bartaraf etish uchun zarur moddiy-texnik resurslar bilan to‘liq taʼminlangan.

G‘olib XOLBOYEV,

NKMK bosh energetigi.

Mavzuga oid yangiliklar

IJODKORLAR BILAN UCHRASHUV

16.03.2018 14:13 2342

TARIXI BILAN FAXRLANGAN YOSHLAR

04.02.2019 14:18 1122

“XAMSA”DA ILM-FAN MASALASI

04.02.2019 14:24 1333

BAHOR KELDI SENI SO‘ROQLAB

01.03.2019 13:10 1327