Batafsil: | Yaratildi: 30.11.2021 13:39 | Tahrirlandi: 30.11.2021 13:39 | Ko'rishlar soni: 487 |
Joriy yil 25-26-noyabr kunlari Chirchiq shahrida metallurgiya, kimyo, elektroenergetika, elektrotexnika, qurilish materiallari sanoati, qishloq xo‘jaligi texnikalari va boshqa sohalar uchun mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik va hududiy korxonalar ishtirokida navbatdagi “Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarka”si bo‘lib o‘tdi.
Yarmarkada asosiy eʼtibor mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, sanoatda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar, shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini o‘rganish, kelgusida sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish va ish ko‘lamini kengaytirishga yo‘naltiriladi.
Respublika hududlaridan mingga yaqin mahalliy ishlab chiqaruvchilar qatnashgan mazkur yarmarkada “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ faol ishtirok etib, 157 ta nomdagi mahalliylashtirilgan va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarini namoyish etdi.
- Bu kabi tadbirlarni joylarda o‘tkazish shu yil Navoiy mashinasozlik zavodida bo‘lib o‘tgan yarmarkada kuzatilgan yuqori natijalaridan so‘ng yo‘l qo‘yildi. Bu ishlarni tizimli davom ettirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-maydagi 324-sonli qarori ham qabul qilindi. Bu orqali mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, sanoatda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, yangi mahsulot turlarini o‘rganish, yangi hamkorlar topishga erishilmoqda. Joylarda o‘tayotgan yarmarkalarda kombinat vakillari doimiy qatnashib kelmoqda. Jumladan, Chirchiq shahrida o‘tkazilgan yarmarkada kombinatning faol ishtiroki tashkilotchilar tashakkurnomasiga loyiq topildi. Ushbu yarmarka doirasida kombinat tomonidan cooperation.uz portali orqali 80 ta mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan umumiy qiymati 301,8 mlrd so‘m bo‘lgan 196 ta shartnoma tuzildi. Bu, hech shubhasiz, ishlab chiqaruvchi uchun ham, xaridor uchun har tomonlama katta imkoniyat demakdir, - deydi “NKMK” AJ mahalliylashtirish, ehtiyojlarni rejalashtirish va zaxiralarni boshqarish boshqarmasi boshlig‘i D.Baxranova.
NKMK matbuot xizmati.
NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:
Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official
Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…
28.09.2017 08:36 | 13697 |
Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…
28.09.2017 08:41 | 13066 |
Joriy yilning 8 sentyabr kuni “Farhod” madaniyat saroyida viloyatimizdagi shahar va shahar tashqarisidagi bolalar oromgohlarida yozgi sog‘lomlashtirish…
28.09.2017 09:52 | 4541 |
“Navoiy mashinasozlik zavodi” ishlab chiqarish birlashmasi ko‘p yillik boy tarixga ega. Uning bo‘linmalarida mashinasozlik sohasining turli yo‘nalishlari bo‘yicha…
02.10.2017 09:32 | 4410 |
O‘qituvchilar va ustozlar bayrami arafasida nafaqat ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan insonlarga, balki qaysi sohada bo‘lmasin o‘z bilim va tajribasini yoshlarga sidqidildan…
02.10.2017 09:34 | 3620 |
Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…
Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…