Navoiy shahrida “Ishga marhamat” monomarkazi faoliyat olib bormoqda

Batafsil: Yaratildi: 25.11.2021 10:41 Tahrirlandi: 25.11.2021 10:41 Ko'rishlar soni: 468

Yurtboshimiz rahnamoligida mamlakatimizda aholini ish bilan taʼminlashga ijtimoiy muammolarni hal qilishning eng muhim sharti sifatida alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 avgustda imzolangan “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini taʼminlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘risida”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yilning 5 aprelidagi “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish tizimini takomillashtirish hamda mehnat organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori dasturulamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Navoiy shahrida “Ishga marhamat” monomarkazining tashkil etilishi ana shu hayotiy muhim qarorlar ijrosi taʼminlanayotganligining isbotidir.

00000025111

Ishsiz va ehtiyojmand fuqarolarni zamonaviy kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘rgatish, ularni doimiy daromad keltiradigan mehnat va tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish orqali bandligini taʼminlash mazkur monomarkaz jamoasi vazifasi sirasiga kiradi. Ayni paytda aholi vakillari mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar, tadbirkorlik asoslari va xorijiy tillarga o‘qitilmoqda. Innovatsion ehtiyojlar, jahon standartlari hisobga olingan holda barpo etilgan monomarkaz o‘quv xonalari eng zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Bu yerda yiliga 3 ming 400 nafar kishi turli kasblarga o‘rgatiladi. Foydalanishga topshirilganiga besh oydan oshgan monomarkazda erkaklar va ayollar sartaroshi, kosmetolog, qandolatchi, yosh bolalar enagasi, uqalovchi, tikuvchi, oshpaz, payvandchi, santexnik, elektrik, maishiy texnikani taʼmirlash, avtoservis va xizmat ko‘rsatish, yuk ko‘tarish krani operatori, alyumin va plastik profillar bilan ishlash, mebel jihozlarini yasash va taʼmirlash, g‘isht teruvchi, suvoqchi va bo‘yoqchi, kompyuter savodxonligi, rus, ingliz, koreys, yapon tili, tadbirkorlik asoslari, jami 32 turdagi yo‘nalish va kasb-hunarlarni o‘rgatish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari faoliyat ko‘rsatmoqda.

00000025112

Kelgusida monomarkazda kompyuter dizayn dasturlari, gidroponika texnikasi,­ turli toifali haydovchilik, zargarlik yo‘nalishlarida o‘qitishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Darvoqe, monomarkaz bitiruvchilariga o‘rta maxsus kasb-hunar taʼlimi diplomi darajasiga tenglashtirilgan davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

00000025113

Monomarkaz mashg‘ulotlarining 70 foizi amaliy, 30 foizi nazariy tarzda olib borilmoqda. Eng muhimi, mahalliy va xorijiy sanoat korxonalari bilan hamkorlik o‘rnatish mo‘ljallanayapti. Kasb-hunar maskanida ishlab chiqarish korxonalari talab-ehtiyojidan kelib chiqib, ularning ishchilari malakasini oshirish imkoniyati ham bor. Monomarkaz yangi tashkil etilayotgan erkin iqtisodiy zonalarga ishchi kadrlar tayyorlashi, “Temir”, “Ayollar”, “Yoshlar” daftarlariga kiritilgan fuqarolarning kasb-hunar egallashiga ko‘maklashishi, tadbirkorlik qilish niyatida bo‘lgan insonlarni qo‘llab-quvvatlashi bilan alohida ahamiyatlidir.

00000025114

Navoiy kon-metallurgiya kombinatida ishlab chiqilgan chora-tadbirlarda yangi yildan eʼtiboran monomarkaz faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, kombinatning mutasaddi xodimlari bilan birgalikda o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqish, zarur hollarda qo‘shimchalar kiritish, ulkan korxona ehtiyoji va yangi ish o‘rinlari yaratilishini hisobga olgan holda murakkab uskunalar operatori, texnolog, konchi, laborant va yuqori texnologiyalar sohasidagi boshqa yo‘nalishlarga o‘qitish, markaz o‘quvchilarini mutaxassisligi bo‘yicha bo‘linmalarda amaliyot o‘tashlarini tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatish o‘z ifodasini topgan.

00000025115

Markazda tahsil olayotganlarning dars­dan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun qo‘shimcha to‘garaklar, turli tanlov va qiziqarli sport musobaqalari uyushtirilmoqda. Tajribali mutaxassis Bahromxo‘ja Qodirov rahbarlik qilayotgan monomarkaz ahil jamoasi g‘oyatda ezgu ishlarni amalga oshirmoqda. O‘quv kurslarida mashg‘ulotlarni malakali mutaxassislar olib borishayapti.

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 13698

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 13067

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 4544

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 4410

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 3620