Batafsil: | Yaratildi: 24.11.2021 16:50 | Tahrirlandi: 24.11.2021 16:50 | Ko'rishlar soni: 241 |
NKMK Janubiy kon boshqarmasi tarkibiy bo‘linmalaridan biri bo‘lgan “Sobirsoy” geotexnologik koni uran qazib olish bo‘yicha mamlakatimizdagi dastlabki sanoat korxonalaridan hisoblanadi. Mamlakatimizda ishlab chiqariladigan uranning 8 foizi aynan “Sobirsoy” konida qazib olinadi.
Xushxabarning qanoti bor, deyishadi. Shu yilning 11 noyabr kuni kon jamoasi uran konsentratini ishlab chiqarish yillik rejasini ortig‘i bilan bajarib, mehnat zafariga erishgani barchamizni quvontirib yubordi. Ulkan marrani zabt etgan konchilarning bu yutug‘i birinchisi emas va oxirgisi ham emas. Chunki ular yillar davomida mana shunday ilg‘orlikni qo‘ldan bermay, peshqadamlar safida bo‘lib kelayapti. Bu yutuqlarning siri – jamoaning ahilligi, bir maqsad yo‘lida mehnat qilayotganida, deb bilamiz. Eng muhimi, joriy yilda o‘zining qutlug‘ 45 yillik yubileyini keng nishonlagan kon jamoasi g‘ayrat va shijoat bilan yillik rejani ham muddatidan oldin bajarishga muvaffaq bo‘lgani kombinat ravnaqiga munosib tuhfa bo‘ldi.
Bu yutuqni eshitib, konchilar huzuriga bordik. Safarimiz davomida bir guruhi bilan suhbatlashdik. Mana shu muloqot davrida hamkasblarimiz nigohida o‘z ishidan mamnunlik, ertangi kunga ishonch, faoliyatida va hayotidan shukronalik hissini to‘ydik.
- Oldimizga qo‘ygan rejani muddatidan avval bajarganimiz, - dedi “Sobirsoy” geotexnologik koni boshlig‘i Abdurahim Norboyev, - avvalo jamoamizning hamjihatlikdagi mehnati mahsuli. Korxonada 2021 yil noyabr holatiga ko‘ra o‘tgan yilning shu davriga nisbatan mahsulot ishlab chiqarish rejasi 104,7 foizga bajarildi. Ishlab chiqarilgan mahsulot sanoat korxonasiga yetkazib berildi. Shuni faxr bilan ayta olamizki, bugun kombinat rahbariyati ushbu yutug‘imizni yuksak eʼtirof etib, tabriklagani jamoamizni yana-da ruhlantirib yubordi. Bunday eʼtibor, hech shubhasiz, bizga faqat oldinga qarab intilish, zimmamizga olgan vazifalarni sobitqadamlik bilan bajarish, shuning bilan birga, masʼuliyat va ishonch hissini bag‘ishladi. Nasib bo‘lsa, yil yakuniga qadar ham matonat bilan mehnat qilib, ishimizni davom ettiraveramiz. Tabrikda taʼkidlanganidek, 2022 yilda ham bu kabi muvaffaqiyatlar bardavom bo‘ladi va bunga rahbariyatni ishontiramiz. Eng muhimi, bugun qo‘lga kiritilgan yutuqdan jamoamizning kayfiyati aʼlo. Jonajon kombinatimiz shuhratiga hissa qo‘shib kelayotganimizdan mamnunmiz.
Bugun olis Nurobod dashtu dalalarida faoliyat olib borayotgan korxonada ish qizg‘in. Konchilar belni mahkam bog‘lab, bu yil qanchalik mashaqqatli va sinovli kelmasin, barchasini ahdiga sodiqlik bilan uddalashdi. Bunda, albatta, konda fidokorona mehnat qilayotgan 555 nafar ishchi-xodim samarali mehnati mujassam.
- Yaponlarda “mevali daraxtni gulidan bilsa bo‘ladi”, degan maqol bor - dedi “Sobirsoy” koni apparatchisi Ortiq Tog‘ayev. - Bugungi yutug‘imiz, jamoamizda ishning to‘g‘ri tashkil etilganligi, maqsad va vazifa aniqligi hamda jamoa o‘rtasidagi sog‘lom munosabatlarning mahsuli, deb o‘ylayman. Bu kabi yutuqlar korxonamizda har yili anʼanaga aylanib qolishiga ishonaman.
Kichik ishlar katta ishlarga yetaklaydi. Ayni paytda Janubiy kon boshqarmasi tomonidan “G‘arbiy Ag‘ron” va “Sharqiy Ag‘ron” konlarida tajriba-sinov hamda geologiya-qidiruv ishlari olib borilmoqda.
NKMK Matbuot markazi.
Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…
28.09.2017 08:36 | 13697 |
Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…
28.09.2017 08:41 | 13066 |
Joriy yilning 8 sentyabr kuni “Farhod” madaniyat saroyida viloyatimizdagi shahar va shahar tashqarisidagi bolalar oromgohlarida yozgi sog‘lomlashtirish…
28.09.2017 09:52 | 4541 |
“Navoiy mashinasozlik zavodi” ishlab chiqarish birlashmasi ko‘p yillik boy tarixga ega. Uning bo‘linmalarida mashinasozlik sohasining turli yo‘nalishlari bo‘yicha…
02.10.2017 09:32 | 4410 |
O‘qituvchilar va ustozlar bayrami arafasida nafaqat ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan insonlarga, balki qaysi sohada bo‘lmasin o‘z bilim va tajribasini yoshlarga sidqidildan…
02.10.2017 09:34 | 3620 |
Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…
Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…