Temir yo‘l infratuzilmasi: modernizatsiya va izchil rivojlanish yo‘lida

Batafsil: Yaratildi: 17.11.2021 08:54 Tahrirlandi: 17.11.2021 08:54 Ko'rishlar soni: 241

Transport mamlakat iqtisodiy qudratini belgilovchi asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Shu bois keyingi yillarda yurtimizda yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiyalari qurilishiga alohida eʼtibor qaratilayapti. Natijada yo‘llarimiz ravon, manzilimiz yaqin bo‘lmoqda. Buni mazkur tizimning yetakchi tarmog‘i – temir yo‘l sohasida ro‘y berayotgan salmoqli o‘zgarishlar misolida ham yaqqol ko‘rishimiz mumkin.

0000017111

Navoiy kon-metallurgiya kombinatida joriy yilning o‘zida yangi temir yo‘llar qurish, mavjud liniyalarni rekonstruksiya qilish, yuk hamda yo‘lovchi tashish transportini modernizatsiya qilish bo‘yicha qator loyihalar amalga oshirildi. 2021 yilda “Yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini qurish” hamda “Muruntov” konini rivojlantirishning 5-navbati, “Turbay” konlarini o‘zlashtirish uchun qazib olish va qayta ishlash quvvatlarini kengaytirish” investitsiya loyihalariga asosan 6 dona “2TE25 KM” seriyadagi 2 seksiyali zamonaviy teplovozlar, 108 dona “VS-68” modeldagi 4 o‘qli, 22 dona “VS-105” modeldagi 6 o‘qli va 20 dona “VS-67” modeldagi 4 o‘qli avtoag‘dargichli vagonlar, “UK25/18” rusumli zamonaviy kran sotib olindi.

0000017112

0000017113

Yaqinda ikki dona magistral teplovozi keltirilishi kutilayapti. Kombinat bo‘linmalariga azotli kislotani tashishga mo‘ljallangan 11 dona sisternali vagonlar olib kelingan bo‘lsa, yaqin kelajakda sulfatli kislotasini tashishga mo‘ljallangan 30 dona sisternali vagonlar keltiriladi.

0000017114

0000017115

Xarid qilingan zamonaviy teplovoz va vagonlar, temir yo‘l infratizimining rivojlanishi, yangi-yangi temir yo‘llar qurilib ishga tushirilishi  imkoniyatlarimizni ancha oshirmoqda. Endilikda kombinat tizimidagi temir yo‘llarida kuniga 137 ming 500 tonna maʼdan tashilmoqda.

NKMK Matbuot markazi.

NKMKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Facebook: www.fb.com/ngmkofficial
Telegram: t.me/ngmkofficial
Instagram: instagram.com/ngmk.official

Mavzuga oid yangiliklar

IJODKORLAR BILAN UCHRASHUV

16.03.2018 14:13 2044

TARIXI BILAN FAXRLANGAN YOSHLAR

04.02.2019 14:18 959

“XAMSA”DA ILM-FAN MASALASI

04.02.2019 14:24 1092

BAHOR KELDI SENI SO‘ROQLAB

01.03.2019 13:10 1073



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish