Navoiy mashinasozlik zavodida ishlab chiqarish quvvatlari kengaytirilmoqda

Batafsil: Yaratildi: 04.11.2021 15:39 Tahrirlandi: 04.11.2021 15:39 Ko'rishlar soni: 469

Bugungi kunda Navoiy kon-metallurgiya kombinatini 2017-2026 yillarda rivojlantirish dasturi bosqichma-bosqich ro‘yobga chiqarilmoqda. Korxona bo‘linmalarining texnologik va kon uskunalari uchun ehtiyot qismlarga bo‘lgan talabini kondirish maqsadida Navoiy mashinasozlik zavodida mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini yanada oshirishga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda.

000004111

Zavodda umumiy qiymati 22 mln dollardan ortiq bo‘lgan “Mexanik yig‘uv sexini texnik va texnologik qayta jihozlash” loyihasi amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha bo‘yicha bugungi kunda sexning yangi binosi qurilishi yakunlanish arafasida. Hamda zamonaviy, samaradorligi yuqori dastgohlar olib kelinib, ishga tushirishga tayyorlanmoqda.

000004112

Shu bilan birga, kombinat bo‘linmalarida sharli tegirmonlar va kon-shaxta uskunalari uchun quymachilik sexida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmini oshirish uchun joriy yilda ushbu sexda quyma mahsulotlari hajmini 31 ming tonnaga, 2026 yilga kelib bu ko‘rsatkichni 40 ming tonnaga yetkazish rejalashtirilgan. Hozir quymachilik sexida qurilish va rekonstruksiya ishlari jadal surʼatlarda olib borilmoqda. Jumladan, 25 tonnalik metall erituvchi pech, zamonaviy pnevmotransportyorlar, qoliplash mashinalari, 25 taga yaqin nostandart jihozlar NMZda ishlab chiqarilib, o‘rnatilmoqda.

Zavodning avtotaʼmirlash sexida kombinat bo‘linmalarida foydalanilayotgan “MAN” va “ISUZU” yuk tashish avtomashinalarini kapital taʼmirlash uchastkasini ochish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, mazkur sexda yangi konveyer transportyorlari uchun roliklar ishlab chiqarish uchastkasi ishga tushirildi. Ushbu uchastkada yiliga 36 mingtadan ortiq rolik ishlab chiqariladi.

000004113

2022-2024 yillarda kombinat Investitsiya dasturi doirasida Navoiy mashinasozlik zavodida dastgohsozlik sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha 28 ta zamonaviy, yuqori aniqlikdagi dasgohlarni xarid qilish rejalashtirilgan. Kelajakda chet el kompaniyalari bilan hamkorlikda kooperatsiya yo‘nalishida zamonaviy, jahon talablariga mos keladigan raqamli dasturlash boshqaruviga ega dastgohlarni ishlab chiqarish va 200 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish rejalashtirilgan.

NKMK Matbuot markazi.

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 13700

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 13069

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 4544

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 4411

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 3620