“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!”

Batafsil: Yaratildi: 21.10.2021 15:34 Tahrirlandi: 21.10.2021 15:34 Ko'rishlar soni: 95

12 октября

Janubiy kon boshqarmasi “Zarmitan” konida shu mavzuda davra suhbati o‘tkazildi.

21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 32 yil to‘lishi hamda O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan  o‘tkazilgan tadbirda Janubiy kon boshqarmasi kadrlar bo‘limi boshlig‘ining maʼnaviy-maʼrifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Shavkat Kengboyev mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi.

Taʼkidlanganidek, o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo‘lidagi muhim qadamlaridan biri bo‘lgani hamda “Davlat tili haqida”gi qonunda ona tilimizning bor go‘zalligi va jozibasini to‘la namoyon etish bilan birga, uni ilmiy asosda rivojlantirish borasida ham keng imkoniyatldar yaratilgan.

- Darhaqiqat, til har bir millat madaniyatining o‘zagidir. Shu sababli ham tilning saqlanishi xalq taraqqiyoti va kelajagini belgilaydi. Til xalqni birlashtiradi, tarbiyalaydi, o‘qitadi, urf-odat, anʼanalarni saqlaydi. Shunday ekan, barcha qatori biz konchilar ham o‘zbek tilini qadrlashimiz kerak va shart, - dedi “Zarmitan” koni davlat tili bo‘yicha yetakchi muhandisi Abduhamid Qurbonov.

Tadbir kon xodimlarining faolligi ostida bo‘lib o‘tdi.

JKB axborot xizmati.

Mavzuga oid yangiliklar

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

28.09.2017 08:36 7600

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

28.09.2017 08:41 7109

YOZ-2017 NATIJALARI YAKUNLANDI

28.09.2017 09:52 4024

YOSHLAR BILAN ISHLASH – IFTIXOR VA DARKOR

02.10.2017 09:32 3855

SHAXSIY NAMUNA – ENG YAXSHI NAMUNA

02.10.2017 09:34 3174



KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

KOMBINAT MAHSULOTINING YUKSAK E’TIROFI

Yevropa Sifat tadqiqotlari jamiyati dunyoning ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro sifat talablari darajasidagi faoliyati…

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI NKMK IXTIROCHILARINI OLTIN MEDAL BILAN TAQDIRLADI

Biz Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda o‘ziga xos nufuzga ega ekanligini hamisha faxrlanib gapiramiz. Yaqinda korxona mutaxassislarining konchilik sohasidagi…

Yangiliklarga obuna bo'lish